O’zbek munshoati tarixi, uning an’analari. Hujjat turlari o`quv rejasi dasturdagi



Download 31.91 Kb.
Sana30.01.2017
Hajmi31.91 Kb.

Aim.uz

O’zbek munshoati tarixi, uning an’analari . Hujjat turlari o`quv rejasi dasturdagi

Mavzuga davlat ta’lim standartlari tomonidan qo’yilgan talablar.

O’zbek hujjatchiligi tarixini bilish

Darsning maqsadi: Ta’limiy ( ilmiy) . O’zbek hujjatchiligi tarixi , hujjat turlari haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy : O’zbek xalqi tarixiga va qonunchiligiga hurmat ruhida tarbiyalash .

Rivojlantiruvchi ( dunyoqarashni shakllantirish) Hujjatchilik

haqidagi bilimlarni rivojlantirish.

Darsning turi . Yangi bilimlarni o’zlashtirish

Darsning metodi (uslubi) Ma’ruza, suhbat , test.

Fanlar aro bog’lanish(fanning nomi va usuli) Huquq , kasbiy fanlar, tarix .

Qo’shimcha adabiyotlar .


  1. N. Mahmudov, A.F.Madvaliev , N. Mahkamov , M.I. Aminov “O’zbek tilida ish yuritish” Toshkent -1990

  2. E.Qilichev . “Nutq madaniyati” .

  3. A. Rafiev , N. G’ulomova . “Ona tili va adabiyoti” Kasb – hunar kollejlari uchun darslik

Darsning jihozlanishi: Ish yuritish multimediya, turli ish qog’ozlaridan namunalar testlar

Darsning elemetlar davomiyligi

1. Tashkiliy qism(salomlashish o’quv xonasini

ko’zdan kechirish) 5 minut

2. Uyga vazifani so’rash (og’zaki yozma savol

javob testlar) 7 minut

3. Fikirlashni jamlash(aqliy hujum o’tilgan

mavzular boyicha) 8 minut

4. Yangi mavzuning bayoni( o’qituvchi mav-

zuni bayon etadi: suhbat, maruza) 35 minut

5. Mustaqil ishlash (yangi mavzuga oid

topshiriqlar beriladi) 10 minut

6. Yangi mavzuni mustahkamlash(mavzuning

asl mohiyati to’liq izohlanadi) 8 minut

7. Xulosa: (darsda faol hamda passiv qatnashgan

’quvchilar harakati e’tirof etiladiva baho yoki

ballar e’lon qilinadi) 5 minut

8. Uyga vazifa (topshiriq aniq va bajarish yo’llari

tushuntirilishi shart) 2 minut

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy qism ; salomlashish , o'quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

II. O'tgan mavzuni so'rash:

Savollar:

1).Nutqning uslubiy shakllarini ayting.

Nutq uslublari beshta.1.So'zlashuv uslubi ,

2. Ilmiy uslub ,

3. Publisistik uslub ,

4. Badiiy uslub ,

5. Rasmiy ish qog'ozlari uslubi.

2). Atamalar deb nimaga aytiladi?

Atamalar ma'lum fan sohasida ishlatiladigan ilmiy so'zlardir.

3).Kasb -hunar so'zlari Ga misollar ayting.

Qaychi, moki, ngna, ip, noycha va hok.
III. YANGI MAVZUNING BAYONI:

Kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.Hujjatlar ish yuritishning asosini tashkil etadi . Hujjatlar kechagina paydo bo'lgan narsa emas, kishilik jamiyatining shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o'zaro munosabatlaridagi muayyan muhim hujjatlarni muntazam va qatiy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga sifatida ilk ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan .Kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi baravarida hujjatlar ham takomil topib borgan . Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o'rxun -enasoy , so'g'd, eski uyg'rarab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko'plab ,hujjatlar ,yozma manbalar ma'lum . Bobilning meloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui (kodeksi), undan ham qadimroq shoh Ur-Hammu(miloddan avvalgi2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa manbalarning mavjudligi "hujjatlar"deb ataladigan tartibot voitalarining nechog'lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko'rsatadi.


Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo’lgan : xabar , tavsif farmoyish bildirish , tasdiqlash va h.k . Bu o’rinda to’xtamishxonning 1390 yilda polyak qiroli Yagayolka yo’llagan yorlig’i , Temur qutlug’ning 1397 yildagi yorlig’i , Boburning otasi Umarshayx mirzoning marg’ilonlik Mir Said Ahmad ismli shaxsga 1469 yilda bergan yorlig’i toshkent hokimi Yunusxo’janing 1797 yil 2 iyunda Peterburgga – Rossiya podshosiga o’z elchilari orqali yuborgan yo’elig’i va boshqalarni eslab o’tish mumkin .

Mazkur davr yo’rliqlarida o’ziga xos insoniy qolip shakllangan , o;rliqlar matn jihatdan an’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo’lgan . Masalan , eslab o’tilgan yo’rliqlarning birinchisi – “To’xtamish so’zim yig’lag’ayg’a” deb , ikkinchisi – “Temur qutlug’ so’zum” deb , uchinchisi esa – “Sulton Umarshayx Bahodur so’zim” deb boshlagan. Bayonda ham muayyan qolip bor , shuningdek , albatta , yo’rliq raqam qilingan sana va joy ko’rsatilgan .

XIX asrda Qo’qon xonligida keng tarqalgan xujjatlardan biri “patta ” lardir . Pattada ma’lum kishiga muayyan nuqtadagi pul , maxsulot , urug’ (don) yoki boshqa narsalar berish lozimligi haqidagi ma’lumot aks ettirilgan . Patta matnlarida ham o’ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip turg’unlashgan . Umuman, o’tmish hujjatlaridagi muayyan turg’un tarkib va nutqiy qolip o’zbek (turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir .

Ma’lumki , hjjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko’p . Hujjatlarning maqsadi , yo’nalishi , hajmi , shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir . Shunday ekan , hujjatlar tiliga qo’yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo’yiladigan ko’pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat , albatta , o’zoga xos xususiyat va sifatlar bilan bnelgilanadi . Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib , mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap bo’lish mumkin emas. Shuning uchcun bu o’rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi .

Hujjatshunoslikdagi ana shu ana’naga ko’ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo yaratilish o’rniga ko’ra tasnif qilinadi , bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar fikrlanadi . Ichki hujjatlar ayni muassasaning o’zida tuziladigan va shu muassasa ichcida foydalanadigan hujjatlarda , muayyan muassasada boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatdir .

Hujjatlar mazmuniga ko’ra ikki turli bo’ladi: 1) sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o’z ichiga oladi ; 2) Murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi .

Mazmun bayonining shakli jihatdan xususiy (indevidual) , namunali (tipovoy) va qolipli (trafaletli) hujjatlar saqlanadi . Matnning o’ziga xosligi , betakrorligi , hamisha ham bir andazada bo’lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan , xizmat yozishmalari va shu kabilar) . Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo’lsa-da bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo’ladi . Namunali hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog’liq , bir-biriga o’xshash va ko’p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o’z ichiga oladi . Qolipli hujjatlar , odatda , olinadigan tayyorlanadigan bosma ish qog’ozlariga yoziladi , bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o’zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o’zgaruvchi hujjatni tuzish paytida yoki qo’lda yo’ziladigan axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga ko’pincha “yozmoq ” emas , balki “to’ldirmoq” so’zi ishlatiladi . Shu o’rinda aytish kerakki , hujjatlarning ko’p qilipli turlarini kengaytirish – ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo’llaridan biridir . Chunki bunday qilish hujjat matnlarni bir xillikka olib kelish va hujjat tayyo’rlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi . Qolipli hujjatlar sirasiga , masalan , ish haqqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar , xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko’plab hujjatlarni kiritish mumkin .

Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko’ra , xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi . Xizmat hujjartlari tayyorlanishiga ko’ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo’lsa , shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozlib , ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladi .

Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi benihoya muhim . Bu jihatiga ko’ra hujjatlat quyidagocha tavsiflanadi : qoralama; asl nusxa ; nusxa ; ko’chirma. Aksar hujjatlar dasrlab qoralama nusxada tayyorlanadi , bu nusxa tuzatilib qayta ko’chirilishi mumkin .Aytish johizki,qoralma hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxadir . Asl nusxaning aynan qayta ko’chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi , odatda nusxaning o’ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga “nusxa ” degan belgi qo’yiladi.

Hujjatjilikda , shuningdek ,aynan (faksimal) va erkin nusxalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barja xusisiyatlarini – hujjat zaruriy qismlarining joylashishi , mavjud shakliy belgilar (gerb , yumaloq muhr , to’rtburchak muhr , nishon kabi), matndagi bosma ,yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to’liq aks ettiradi , masalan , foto nusxani shu tir hujjatlar qatoriga kiritish mumkin . Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to’lasicha ifodalansada , bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatdan bevosita muvofiq kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o’rniga “muhr” deb, imzo o’rniga “imzo” deb, gerb o’rniga “gerb” deb yozib qo’yiladi va h.k. Ba’zan muayyan hujjatga to’lasicha emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko’chirma olinadi (masalan, majlis bayonidan ko’chirma, buyruqdan ko’chirma va h.k.).

Nusxa va ko'chirmalar, notarius,kadirlar bo'limi va shu kabilar tomonida tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo'ladi. Asil nusxa yo'qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.

Ma'muriy - boshqaruv faoliyaida xizmat mavqeyiga ko'ra hujjatlar hozirgi kunda,asosan,quydagicha tasniflandi4: tashkiliy hujjatlar ; farmoyish hujjatlari; ma'lumotsimon-axborot xujjatlari;xizmat yozishmalari.

Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot,muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi,tarkibiy tarmoqlari va xodimlari,boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayt qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari kabimasalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo'riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.

Farmoyish hujjatlari gurihiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi.

Ma'lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruxni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtirok ham juda faol.Bu guux dalolatnoma, ma'lumotnoma, ariza, tushintirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o'zichiga oladi.

Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo'ladi.Ularda muassasa faoli-yatining turli masalalari bilan bog'liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks et-tiriladi. Bu ma'noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko'rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to'rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o'rinli.


MUSTAHKAMLASH;

1. SAVOLLAR:

1) O'rta osiyoda X -asr hujjatlari qaysi tilda yozilgan

2)Qadimgi hujjatlar qanday narsalarga yozilgan ? Ulardan namunalar keltiring.

3)O'rxun-enasoy bitiktoshlaridagi yodnomalar hujjat sanaladimi?

4) O'rta osiyoda qaysidavlatlarda o'zbek (turkiy)tillardagi ish yuritish yolga qo'yilgan ?

5) O'zbek (turkiy) tildagi hujjatlar namunalari keltirilgan qanday tarixiy va badiiy asrlarni bilasiz?

TESTLAR:


1)Mahmud qoshg'ariyning guvohlik berishicha o'sha davrda davlat tilida ish yuritish nima deb yuritilgan?

a)mirzo b) kotib s) munshiy s (munshiy)

2)"Munhsaot" so'zi qaysitildan o'zlashgan ?

a)aslturkiy so'z

b)arab tilidan o'zlashgan

s)forsiy so'z (b)

3)" Munshaot" so'zining lug'viy ma'nosi to'g'ri berilgan javobni toping .

a)ish yuritish

b)xat

s)hujjat (b)



4)Hujjatlartegislilik jihatiga ko'ra qaysi turlarga bo'linadi?

a)ichki va tashqi

b)soddava murakkab hujjatlar

s) rasmiy va shxsiyhujjatlar (s)

5)Qaysi hujjatasl nusxa bilan bir xil huquqga ega ?

a)ko'chirma nusxa

b)qoralama

s)ikkinchi nusxa(dublikati) (s)

6)Ariza , tushuntirish xati qaysi hujjat turiga kiradi?

a)Ma'lumotsimon -axborot hujjatlariga

b)farmoish hujjatlariga

s)xizmat yozishmalariga (a)

7).Tashkiliy hujjatlarni ko'rsating.

a)nizom , yo'riqnoma , majlis bayoni, shartnomalar

b)hisobot, ariza, tavsifnoma

s)talab ,iltimos, ishonchnoma (a)

8. Hujjatlar matniga qo'yiladigan eng muhim talab nima?

a)xolislik,aniqlik ,ixchamlik , lo'ndalik .

b)so'z tartibi

s)Bir ma'noli so'zlarni qo'llash. (a).

MAVZUNI XULOSALASH.

O'rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi ma'daniy obidalar,turli ma'daniy jismlarga bitilgan ma'lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o'ziga xos hujjatchilik an'analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi.

O'rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega bo'ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo'ldi.

O'zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo'llanishi Qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi.

XX-asrdan so'ng o'zbek xonlari va amirlari saroyida yozilgan turli xil hujjatlar o'ziga xos mazmuni, muayyan tartibi,nutqiy qolipi bilan ajralib turadi.

UYGA VAZIFA.

" Hujjatlarning hayotimizdagi o'rni" mavzusida ijodiy ish yozish.

Yangi mavzuni o'qib kelish va "O'tgan kunlar"romanidan Otabek va Kumushning xatlaridan namunalar yozib kelish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.

1.N. Mahmudov,A,F.Madvaliyev,N.Mahkamov, M.N.Aminov "O'zbek tilida ish yuritish" Toshkent-1990

2.E. Qilichev."Nutq madaniyati".

3.A.Rafiyev Nazira G'ulomova Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik.



A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova "Hozirgi o'zbek adabiy tili"Toshkent-2002.


Aim.uz


Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa