O`zbek milliy meroslari va liboslari haqida suhbat
Reja:
Milliy meros haqida
Milliy liboslarning xilma-xilligi
Adabiy-madaniy meros – o‘tmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og‘zaki ijodi, yozma adabiyoti, san’ati, me’morlik va hokazo namunalari. Adabiy-madaniy meros uni yaratgan xalq tarixi bilan iz-chil va mustahkam bog‘langan bo‘ladi; shu xalqning qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha yaratgan va saqlanib kelgan adabiy-ma’naviy yodnomalari, moddiy-madaniy obidalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek xalqining boy adabiy-madaniy merosi yozma tarix boshlangandan keyin axomaniylar (mil.av. 558 – 330), salavkiylar (mil. av. 312–64), O‘rxun-Yenisey tosh bitiklari, turkiy (uyg‘ur) qo‘lyozma yodgorliklar, Turk xoqonligi (552–745), Arab xalifaligi (632–1258) va keyingi davrlar, xususan Amir Temur va temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, uch xonlik, Rossiya is-tilosi, sho‘rolar tuzumi davrlarida va, nihoyat, mustaqillik yillarida bunyod etilgan og‘zaki, yozma va moddiy yodno-ma hamda yodgorliklardan iborat. Bular o‘zbek xalqining urf-odatlari, rasm-rusmlari, bayramlari, xalq ijodi namu-nalari, adabiyot va fan sohasida yaratilgan manbalar, tasviriy va amaliy san’at hamda musiqa asarlari, qadimgi bitiklar va arxeologik topilmalar, rang-barang me’moriy obidalarni qamrab oladi. Adabiy-madaniy merosni saqlash va urganish ham tarixiy, ham ma’rifiy qimmatga ega. Bular o‘zbek xalqining milliy iftixori hisoblanadi. Sho‘rolar tuzumi davrida, xususan qatag‘on yillarida Adabiy-madaniy merosga nisbatan butunlay noto‘g‘ri, mafkuraviy munosabatda bo‘lindi. O‘tmishda yashab ijod etgan bir qancha shoirlar ijodini o‘rganish man etildi, arab yozuvida bitilgan qo‘lyozmalar yo‘qqilindi. Adabiy-madaniy merosning zukko bilimdonlari quvg‘in ostiga olindi; Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon va boshqa adib, shoir, olim va ziyolilar qatl etildi, o‘nlab masjid va madrasalar buzib tashlandi, xalq marosimlari va bayramlarini o‘tkazish taqiqlandi. Bu borada turg‘unlik yillari qatag‘on davrining o‘ziga xos davomi bo‘ldi. 12 jildli O‘zbekiston milliy ensiklopediyasini nashr etishga kirishil-ganligi adabiy-madaniy merosni ilmiy o‘rganish yo‘lidagi muhim tadbir bo‘ldi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband singari islom dinini targ‘ib qilish yo‘lidagi xizmatlari bilan dunyoga tanilgan buyuk vatandoshlarimiz dafi etilgan joylar obodonlashtirilib, ziyoratgohga aylantirildi. Ularning hayoti va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ki-toblar chop etiddi. Amir Temir hayoti va faoliyati, temuriylar davri madani-yatiga oid kitoblar nashr etildi. O‘rta asrning noyob madaniy yodgorligi "Usmon Qur’oni" o‘z egalariga – O‘zbekiston Diniy boshqarmasiga qaytarildi. "Al-pomish" dostoni yaratilganligining 1000 yillik yubileyi o‘tkazildi. Xalq me’morligining noyob namunalari bo‘lgan bir qator me’moriy yodgorliklar ta’mirlandi. Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Husayniy, Huvaydo, Behbudiy va boshqalar ijodi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda, asarlari nashrga tayyorlanmoqda, Qur’on va Hadis ham birinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilinib ommalashtirildi, qatag‘on qilingan shoir va adiblarning asarlari ko‘plab nusxalarda chop etildi, unutilishga mahkum etilgan qator hunarmandchilik sohalari qayta tiklandi va xalq bayramlari tantanali nishonlanmoqda.
O’zbek milliy kiyimi — O’zbek xalqining milliy o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan kiyimlar. Har bir mintaqa uchun o’ziga xos farq va xususiyatlar mavjud.
O’zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar cho’pon, doppi va atlas erkaklar uchun-do’ppi, cho’pon, belbog’ va yaxtak kiradi. O’zbek milliy libosi jahonda o’z o’rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O’zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O’zbek milliy libosi va madaniyati o’zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo’lsada mustaqillikdan so’ng libosimizga e’tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o’zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o’zbek libosini o’ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O’zbekistonga maxmon bo’lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san’atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro’zni, hosil bayramini va o’zbekona to’ylarni guvohi bo’ladilar. Estalik sifatida atlas, do’ppi, belbog’, cho’pon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg’alarini olib ketadilar.
Do’ppi-O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi asosan baxmal,ipak,zar bilan tikiladi. O’zbekiston Chust, Toshkent ,Samarqad,Buxoro,Boysun,Shahrisabz do’ppilari mashxur.Ayniqsa, Chust do’ppilari keng tarqalgan bo’lib, O’zbekistoning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.
Chust do’ppisining tepasi kvadrat shakilda bo’rtib chiqadi,boshqalarning tepasi yarim shar shaklida bo’ladi.do’pi tikuvchi chevar “do’ppido’z”, do’ppi tikish kasbi esa “doppido’zlik”deb ataladi.
Atlas O’zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir.bu libos ipakdan tayyorlanadi. O’zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi. Atlas qadimiy va milliy liboslardan biridir. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o’zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O’zbekistonda eng mashxur atlas Marg’ilon shaxrida to’qiladi.
Zar cho’pon o’zbek ayollarini qishda sovuqdan saqlovchi, yozda issiqdan saqlovchi kiyimdir. Bu cho’pon asosan baxmal, ipak, zar bilan tikiladi. Cho’pon o’zbek xalqini qadimiy liboslaridan biridir. Bu o’zbek ayollari uchun go’zallik ifodasidir. Bu cho’pon O’zbekistonning deyarli barcha joylarida kiyiladi.
«Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda muzeylar haftaligi bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston amaliy san’at muzeyida haftalik dasturdan o'rin olgan birinchi liboslar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. «Muzeylar haftaligi»ning ilk loyihasi, O'zbekiston Amaliy san'at muzeyining 2015 yil tadbirlar rejasidan o'rin olgan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligiga bag'ishlangan «O'zbegim liboslari» nomli ko'rgazmadir.
Ko'rgazmaning oldiga qo'ygan maqsadi, Mustaqillik yillarida hunarmand ustalar tomonidan yaragilgan xalq amaliy san'atining nodir asarlaridan namunalar namoyish etish orqali o'zbek xalqining boy merosini ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar mamlakatimiz fuqorolari, ayniqsa yoshlarga va chet ellik mehmonlarga ko'rsatishdan iborat.
Tashkil etilgan «O'zbegim liboslari» kurgazmasi toshkentliklar va poytaxt mehmonlariga Mustaqillik yillarida hunarmand ustalar tomonidan yaratilgan betakror asarlarini yaqindan ko'rishga imkon yaratadi.
Tadbir doirasida Respublika Rassomlik koleji «Tarixiy-teatr» kafedrasi o'quvchilari tomonidan zamonaviy va milliy liboslar to'plamining taqdimoti bo'lib to'tadi. Ko'rgazma ekspozitsiyasida o'zbek milliy liboslari, hamda milliy matolar kabi amaliy san'at asarlari o'rin olgan.
Kiyim- kechaklar xar bir xalq tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib u moddiy madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o'ziga xosligini aks ettirib, etnik bezaklari bilan ajralib turadi.
Kiyimlarda biron-bir el-elat tarixiga borib taqaladigan an'analar, ijtimoiy munosabatlar, ma'rifiy esgetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Har bir xalqlning kiyim-kechaklari juda xilma-xil, rang-barang va jozibalidir.Qimmatbaho toshlar, kumush va zar iplar bilan tikilgan liboslar o'zi alohida bir san'at asariga aylanadi.
An'anaviy o'zbek liboslari asosan ustki ko'ylak, ishton va chopondan, boshga do'ppi, oyoqqa kalish-mahsi va etikdan iborat bo'lgan. Erkak-ayol va katta-kichiklar kiyimlari bichimining deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi.
Yoshlar ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularni milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga etkazish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |