O‘zbek milliy madaniyati va san’ati tarixida navro‘z umumxalq bayramining o‘rni botirova Sadoqat, tdpu o’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Ilmiy rahbar: M. A. Omanova tdpu katta o’qituvchisi Annotatsiya



Download 15,52 Kb.
Sana22.04.2022
Hajmi15,52 Kb.
#571850
Bog'liq
2 5296250599354930825


O‘ZBEK MILLIY MADANIYATI VA SAN’ATI TARIXIDA NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMINING O‘RNI
Botirova Sadoqat,
TDPU O’zbek tili va adabiyoti
yo‘nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: M.A.Omanova
TDPU katta o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada Navro‘z milliy bayrami haqidagi fikrlar nazariy qarashlarga asoslanib tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: Navro‘z, an’ana, bayram, Hodi Zarif, Qish va yoz munozarasi, Navbahor, madaniy inqilob, go‘zallik, tabiat, tantana, obodonlashtirish, xalqlar do‘stligi, insonparvarlik.
Bahor chinakam uyg'onish faslidir. Bu faslda barcha daraxtlar gullab, gullar qiyg'os ochiladi. Uning o'zgacha tarovati bor.
An'analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar insoniyat taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Ular hayotiy zarurat tufayli paydo bo'lgan va xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ma'naviy dunyosi, orzu-istaklarini ifoda etib, jamiyatning ma'naviy axloqiy rivojlanishiga katta ta'sir qilgan. An'analar mazmunan har bin millatni, xalqni, elatni ezgulikka, insonparvarlikka, yaxshilikka chorlaydi. Ular davr talabi bilan ham shaklan, ham mazmunan yangilanib boradi.
Ba'zi bir an'analar o'zining ijobiy ta'siriga, umrboqiyligiga ko'ra ma'naviy qadriyat darajasiga ko'tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday umrboqiy ma'naviy qadriyatlaridan biri Navro'zdir. Bu bayram bir necha ming yillik tarixga ega.
Ota bobolarimiz, buvi momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qo'sh solishgan. Jamoa-jamoa bo'lib, hasharlar uyushtirishgan. O'tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar o'tqazilgan. Dalalarda, betakror sayllar o'tkazilgan.
Ajdodlarimiz Navro'z bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navro'z taomlari ham o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash an'anaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayramida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar.
Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq, tosho'yin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan.
Bu jarayonlarda turli tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli o'yinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Ko'pkari uloq, kurash o'yinlari, hayvon va parrandalar (xo'roz, it, qo'chqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, turli xil xalq tomoshalari o'tkazilgan.
Navro'z mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolg'iz qariyalar, ota-onalar yo'qlanadi. Kishilar bir- birlariga sovg'a- salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi.
Navro'z muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro'z munosabati bilan nikoh to'ylari o'tkazilgan. Yigit-qizlar bir- birlari bilan ahd-u paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qo'lidan choy ichish maqsadida "kelin ko'rdi"ga borilgan.
Navro'zda milliy taomlar, shirinliklar tayyorlanib, bayram dasturxoni bezatiladi. Sumalak, halim, ko'k somsa, ko'k chuchvara, do'lma, bo'g'irsoq Navro'z dasturxoni uchun asosiy taomlar hisoblangan. Dasturxonga bug'doy, arpa, yashil barg maxsus idishlarga o'stirib qo'yiladi. Bayram kunlari yetti xil don bug'doy, arpa, no'xat, jo'xori, mosh, guruch, loviyadan go'ja tayyorlanib, qo'ni qo'shnilarga, qarindoshlarga tarqatiladi.
Navroʻzning yoshini manbalarda turlicha
koʻrsatishadi, jumladan, atoqli olim Hodi Zarif 3000 yildan ham
kattaroq deb hisoblagan. Shuncha yoshga ega boʻlgan bayram, albatta
turkiy xalqlar tarixida muhim oʻrin tutadi. X asrning buyuk
tarixchisi Abu Bakr ibn Jaʼfar Narshaxiy oʻzining «Buxoro tarixi»
asarida yozishicha, qadimgi varaxshaliklar yangi yil bayramini
«Navroʻzi kishovarzon», yaʼni «Dehqonlar navroʻzi» deb atashgan.
Buxoro dehqonlari asrlar boʻyi yil hisobini Navroʻzdan boshlab
yuritishgan. Narshaxiy buxoroliklarning Navroʻz bilan bogʻliq
shunday misolni keltiradi:
«Siyovush bu yerda (yaʼni Buxoroda) oʻzidan biron-bir yodgorlik
qoldirishni istaydi. Shunday qilib, u Buxoro Hisorini bino qildi
va koʻproq vaqt oʻsha joyda turar edi. Kimlardir u bilan Afrosiyob
oʻrtasida yomon gap yurgizdi va oqibatida Afrosiyob uni oʻldiradi.
Hamda ana shu Hisorda, sharqiy darvozadan kiraverishdagi «Darvozai
gʻuriyon» deb atalgan somonfurushlar darvozasining ichkarisiga dafn
etdilar. Shu sababli Buxoro otashparastlari oʻsha yerni aziz tutdilar
va unga atab har yili Navroʻz kuni, quyosh chiqishdan oldin oʻsha joyda
bittadan xoʻroz soʻyadilar. Buxoro aholisining Siyovush oʻldirilishiga
bagʻishlab aytgan marsiyalari ham bor». Mahmud Qoshgʻariyning «Devoni lugʻotit turk» asarida yozib qoldirgan «Qish va yoz munozarasi» ikki soʻzamol, isteʼdodli ijrochi tomonidan bir-biriga zid timsollarda gavdalanuvchi asardir.
Qish va yoz munozarasi tomoshasi
Qish bilan yoz toʻqnashdi,
Qingʻir (yomon) koʻz bilan
bir-biriga qarashdi.
(Bir-birini) tutib
olishga intilishdi,
(Bir-biridan) gʻolib
kelishga tirishdi.
Yoz bilan Qish
qarama-qarshi boʻlishdi,
(Ularni har biri)
maqtanish yoyini qurishdi.
Qoʻshin tuzib, (bir-birini)
taʼqib qilishdi,
Oʻq otish uchun (bir-biriga)
yaqinlashishdi.[1]
Qadimdan eʼzozlanib kelingan xalq bayrami oʻtgan asr Oktabr toʻntarilishidan keyin ham turli «sarguzashtlar»ni boshidan kechirdi. Oʻttizinchi yillardagi «madaniy inqilob» tufayli u dastlab qatagʻonga uchradi. 60-yillarning oʻrtalaridan boshlab unga qaytadan eʼtibor berila boshlandi. Matbuot, oynai jahonda keng oʻrin berildi. Biroq 85-yildan boshlab navroʻzni nishonlashga diniy tus berildi.
Hatto ayrim mafkura «arbob»lari tashabbusi bilan navroʻzning oʻrniga Navbahor bayrami oʻylab topildi. Bu xususda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining maxsus qarori chiqarildi. Unga koʻzga koʻringan baʼzi shoirlarimiz «labbay» deb javob berib, matbuotda va oynai jahonda Navbahor bayramini keng targʻib qilishga kirishdi. Xayriyatki, oxir-oqibat sogʻlom kuchlar gʻalaba qildi. Jonajon navroʻzimiz yana eʼzozlanib, bayram qilinmoqda.
Bugungi navroʻz – bu bahor bayrami – tabiat uygʻonishi, yangi qishloq xoʻjalik mavsumi boshlanishini shod-u xurramlik bilan kutib olish tantanalarigina emas, u borliq va inson oʻrtasidagi uygʻunlikni ifodalovchi, tabiat goʻzalliklari va boyliklarini saqlash, koʻpaytirish, atrof-muhitni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, inson mehnatini ulugʻlash kabi xayrli ishlarni amalga oshirish tadbirlariga ham aylandi. [2]
Bugunga kelib, dunyoning 50 dan ortiq mamlakati xalqaro telekanal orqali Navro'z tantanalarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Navro'z tantanalarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan yuzdan ortiq millat vakillari, respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan turli mamlakatlar elchixonalari vakillari, jurnalistlar va mehmonlar qatnashadilar. Demak, Navro'zimiz butun dunyoni lol qoldirmoqda. Shuning uchun ham bu bayram erkinlik, xalqlar do'stligi, baynalmilalchilik, demokratiya va insonparvarlikni targ'ib etuvchi marosim ruhini oldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. N. Mallayev. «Oʻzbek adabiyoti tarixi» T. 1993 y. 64-bet

  2. .Usmon Qoraboyev.«Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsun Navro‘z». «Muloqot», 1991 y, 3-son.

Download 15,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish