6. «Tarje’i Rost» - («tarje’» - qaytarish, takrorlash) – o‘ziga xos kuy bo‘lib, oddiy uch qismli shakldan iborat.
Ixtiyoriy ravishda chalinadigan birinchi qismini ustoz Hayitboy aka Bobojonovdan o‘rganganman.
Notaga olishda maqomdon ustoz Nurmuhammad Boltaev ijrosi yozilgan magnit tasmadan foydalandim.
«Tarje’i Rost» ning I- qismi, ba’zida, Xorazmda mashhur bo‘lgan «Yuz bir» raqs kuyidan oldin ham ijro qilinadi.
7. "Hafifi Segoh" - ("hafif" - yengil) -ansambl ijrosi uchun juda qulay kuy bo‘lib, III - xonani nayda (ikkinchi martasida g‘ijjakda) solo qilib, (ansambl bu paytda "re" notasida jo‘r bo‘lib turadi) ijro qilinadi.
Bu kuyni viloyat teatrining ustoz sozandalaridan o‘rganib, ko‘p marta ular bilan birga ijro qilganman.
Do'stlaringiz bilan baham: |