O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni 1-mavzu: 1-modul. Fanga kirish. Maqomlar tarixidan



Download 9,48 Mb.
bet25/38
Sana07.01.2022
Hajmi9,48 Mb.
#325914
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
1-ma'ruza (2)

2. Cholg‘u yo‘llarining tuzilishi
Yuqorida aytib o‘tilgan maqomlarda bir xil ism bilan atalgan kuy yo‘llarining lad asosi va kuy mavzulari boshqa-boshqa bo‘lsada, doira usuli bir xil bo‘lishi bilan tavsiflanadn. Dsmak, ularning Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas kabi nomlar bilan atalishiga sabab, dastlab ulardagi bo‘lgan usul birligidir.

Shashmaqom cholg‘u yo‘llarining hammasi uchun yana bir xos narsa shuki, ular asosan “xona" va “bozgo‘y" deb atalgan kuy bo‘laklaridan tuzilgan. Ular bir yoki bir necha kuy jumlasidan tashkil topishi mumkin.



Xona - uy, xona ma’nosida, ya’ni “kuyni tashkil ztgan tovushlar va uning boshqa unsurlari joylashtirilgan xona” ma’nosini bildiradi.

Shashmaqomning cholg‘u yo‘llarida xona kuylarnnng o‘zgaruvchan bo‘lagi bo‘lib, uning jumlalari vositasi bnlan kuy o‘z harakati doirasida yuqoriga, avjga tomon rivojlana boradi va asta-sekin o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytadi hamda kuynnng mazmunini boyitishda va tugal fikr ifoda ztishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Xona iborasi o‘tmishda umuman kuy va ashula bo‘laklarini nfodalovchi musiqa iborasi sifatida qo‘llanilar edi. Chunki o‘zbek-tojik xalqlarining bizgacha yetib kelgan ashula yo‘llarida ham “xona” va “bozgo‘y”lardan tuzilgan ashula yo‘llarining yuzlab namunalari uchraydi. Shunday qilib, xonalar umuman kuylar va ashulalarning qismlari, deb qaralishi mumkin. Yuqorida musiqa asarlarining shakli haqida gapirilganda sarxona (bosh, asosiy xona), miyonxona (o‘rta xona) va bozgo‘y iboralari uchratilgan edi. Bu iboralar kuy va ashulalarii tashkil etgan bo‘laklari - xona va bozgo‘yiing o‘zi ekani shubhasizdir. Hozirgi kunda ham maqomchi ustozlar sarxat, miyonxat (bosh jumla. o‘rta jumla) kabi iboralarni musiqa istilohida qo‘llaydilar.

Shashmaqomning Dugoh maqomida esa “Muxammasi chor Sarxona” (to‘rt sarxonali muhammas)da bunday nom bizgacha saqlanib kelgan. Demak, bu iboralar, biznint kungacha musiqa istilohida saqlanib keldi va turli shakllar va ma’nolarda hozirda ham ishlatiladi.



Bozgo‘y (kuyning qaytarma bo‘lagi) esa, kuyning takrorlanadigan qismi (rsfrsn) bo‘lib, xonaning har bir aylanishidan so‘ng qaytariladi. Ko‘pincha, kuyda qancha xona bo‘lsa, shuncha bozgo‘y bo‘ladn. Ba’zan bozgo‘ylar har bir xoiadan ksyingina emas, balki ularning bnr nechasidan so‘ng yoki birinchi xonadan oldin ham kelishi mumkin (masalan, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh va boshqalar).

Maqomlarning cholg‘u yo‘llarini tashkil etgan xona va bozgo‘ylar kuy harakatida na ularning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kuy xonalar vositasi bilan takomillashadi va mazmunan boyiydi. Bozgo‘ylar esa, she’riyatdagi aruz shakllarida uchraydigan takroriy misralar - tarje’bandlar kabi musikiy fikrni yakunlab, umumlashtirib beradi.

Maqomlarning cholg‘u yo‘llarini tinglar ekanmiz, ko‘pincha ularning xonalari ijro etilgandan so‘ng nimadir yetishmayotgandek, melodik epizod tugallanmay qolgondek tuyuladi. Bozgo‘y bu yerda kuyning asosiy o‘zgarmaydigan qismi bo‘lsada, xonani to‘ldiruvchi, uni tugallovchi funksiyani bajaradi. Cholg‘u kuylarda shunday xona va bozgo‘ylarni o‘z funksiyasi nuqtai nazaridan ajratib olish qiyin zmas.

Xona va bozgo‘ylar maqomlarning cholg‘u yo‘llarida bir nechadan bo‘lishi mumkin, Masalan, Navo maqomining cholg‘u bo‘limidagi Muxammasi Husayniy uch xona va uch bozgo‘ydan iborat bo‘lgani holda, Tasnifi Navo o‘n yetti xona va uch bozgo‘ydan iborat.

Shashmaqomning cholg‘u bo‘limida har bir maqomda mavjud bo‘lgan, bir

xil nomlar bilan ataladigan cholg‘u yo‘llari bor. Bular Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas, Saqil vashu kabi boshqa nomlar bilan ataladi.






Iroqda esa quyidagicha:










Muxammaslarning takt-ritm o‘lchovi 2/4 bo‘lib, doira usuli juda uzun, ya’ni 16 taktni tashkil etadi:





Shashmaqomda Saqillar takt-ritm o‘lchovi 2/4 bo‘lib, doira usuli Muxammaslarga ko‘ra uzunroqdir, ya’ni yigirma to‘rt taktni tashkil qiladi:





Adabiyotlar:

1. Rajabov I. Maqom asoslari (o‘quv qo‘llanma) T., 1992.

2. Rajabov I. Maqomlar (ilmiy monografiya) T., 2006.

3. Matyoqubov O. Maqomot (ilmiy-ommabop monografiya) T., 2004

4. Fitrat A. O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi. (ilmiy-ommabop risola) T., 1993.

5. Ibrohimov O. Maqom va makon. (ilmiy monografiya) T., 1997.




Download 9,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish