6-sinf 1-12 mavzular bo’yicha test
1.”O’zbek Magellani” kim?
A) Q. Zokirov C) D. Dolimov
B) T. Zohidov D) H. Hasanov
2. Xaritalar qo’llanish maqsadiga ko’ra necha turga bo’linadi?
A) 4 ta B) 3 ta
C) 2 ta D) 5 ta
3. Samarqanddagi sanat va madaniyat tarixi muzeyida saqlanayotgan globus kim tomonidan va qachon yasalgan?
A) I.Y.Oshev 1886-yilda C) Hoji Yusuf Hayatiy 1886-yilda
B) I.Y.Oshev 1984-yilda D) Hoji Yusuf Hayatiy 1984-yilda
4. Geografik qobiqning qalinligi qancha?
A) 30-40 km C) 30-45 km
B) 35-40 km D) 30-35 km
5. Quruqlikda ekvatordan qutbiy kengliklar tomon tabiat komplekslarining birin-ketin almashinishiga nima deyiladi?
A) hududiylik C) ritmiklik
B) zonallik D) balandlik mintaqalanishi
6. Quyidagi hududlardan qaysi biri platformalarga misol bo’la olmaydi?
A) Sharqiy Afrika C) Hindiston
B) Sharqiy Yevropa D) Sibir
7. Materiklarning qancha qismi suv ostida joylashgan?
A) 40 % qismi C) 29 % qismi
B) 35 % qismi D) 49 % qismi
8. O’rta okean tizmalarining uzunligi qancha?
A) 6000 km C) 30000 km
B) 3000 km D) 60000 km
9.”Litosfera plitalari tektonikasi” gipotezasi qachon yaratilgan?
A) 1912-yilda C) 1968-yilda
C) 1942-yilda D) 1976-yilda
10. Quyidagi hududlardan qaysi birida kengayish hodisasi kuzatilmayapti?
A) Bering dengizi C) Qizil dengiz
B) Baykal koʻli D) Afrika yer yorigʻi
11. Okean suvlari qancha haroratda muzlaydi?
A) -2°C C) 0°C
B) +2°C D) -1°C
12. Quyidagi daryolardan qaysi biri tranzit daryo emas?
A) Amudaryo C) Sirdaryo
B) Volga D) Nil
13. Kelib chiqishiga koʻra Nyasa qanday ko’l?
A) morena C) karst
B) tektonik D) qayir
14. Ekvatorda qor chizigʻi qancha balandlikdan oʻtadi?
A) 4,5-5,5 km C) 4,5-5 km
B) 4-5,5 km D) 4-5 km
15. Yer osti suvlarining gidrosferadagi ulushi qancha?
A) 99% C)11%
B) 2,5% D) 1,7%
16. Atmosfera havo massasining 80%i qaysi qatlamga toʻgʻri keladi?
A) stratosfera C) termosfera
B) troposfera D) mezosfera
17. Qaysi iqlim mintaqada yoz issiq va quruq, qishi iliq va quruq boʻlib, yogʻin kam yogʻadi?
A) tropik C) subekvatorial
B) subtropik D) subarktika
18. Cho’l tabiat zonasini nechta iqlim mintaqasida uchratish mumkin?
A) 4 ta C) 2 ta
B) 5 ta D) 3 ta
19. Dunyo okeanida nechta tabiat mintaqasi ajratilgan?
A) 10 ta C) 11 ta
B) 9 ta D) 13 ta
20. Aholi sonining koʻpligi boʻyicha qaysi mamlakat 8-o’rinda turadi?
A) Bangladesh C) Nigeriya
B) Rossiya D) Pokiston
21. Aholi oʻsishi yuqori boʻlmagan hudud qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) Afrika C) Osiyo
B) Amerika D) Yevropa
22. Yaylovlar va lalmikor yerlar qanday landshaft turlariga kiradi?
A) antropogen C) tabiiy
B) tabiiy-antropogen D) madaniy
23.1000-yilda dunyo aholisining soni qancha bo’lgan?
A) 305 mln C) 440 mln
B) 230 mln D) 600 mln
24. Yer yuzasi iqlimining shakllanishiga nechta omil taʼsir koʻrsatadi?
A) 4 ta C) 5 ta
B) 2 ta D) 3 ta
25. Qaysi koʻlning yarmi chuchuk, yarmi sho’r?
A) Sarez C) Balxash
B) Issiqkoʻl D) Rudolf
26. Oʻzbekiston hududiga yog’inni qaysi shamol olib keladi?
A) G’arbiy shamollar C) musson shamollari
B) passat shamollari D) briz shamollari
27. Yillik amplituda ekvator atroflarida qanchaga teng bo’ladi?
A) 15-20°C C) 5-10°C
B) 10-15°C D) 1-2°C
28. Quruqlik maydonining qancha qismini Janubiy Amerika materigi egallaydi?
A) 16,3 % C) 8,9%
B) 20,3% D) 12%
29. Dunyo okeani maydonining qancha qismini Hind okeani tashkil qiladi?
A) 25,8% C) 20,8%
B) 20,3% D) 16,3%
30. Quyidagi davrlarning qaysi biri paleozoy erasiga tegishli emas?
A) neogen C) devon
B) perm D) silur
Do'stlaringiz bilan baham: |