Janubiy Osiyo mamJakatlarida yashaydigan gibbonlar hamda
Afrikada tarqalgan shimpanze, gorilla va Janubiy —Sharqiy Osiyoda
yashaydigan orangutan kabi odamsimon maymunlar kiradi.
Zoologiya sistemasi nuqtai nazaridan bu kenja turkumga odamlar
oilasiga mansub bo'lgan aqlli odam (Homo sapiens) turi ham kiritiladi.
Bu turdan oldin bir qancha odam turlari yashab o'tgan: avstralopiteklar,
pitekantroplar, sinantroplar va neandertallar. Odam morfologik jihatdan
bosh miyasi juda kattaligi va bosh miya yarim sharlar po'stlog'i kuchli
rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Odam hayvonot olamidan ajralib
chiqqan ijtimoiy mavjudot bo'lib, o'z ongi bilan farq qiladi.
16.3. S u t e m iz u v c h ila r n in g e k o lo g iy a s i v a a h a m iy a ti
Sut emizuvchilarning vakillari yashash tarziga qarab bir nechta
ekologik guruhlarga bo'linadi:
1. Y er u s tid a y a s h o v c h ila r
Do'stlaringiz bilan baham: |