yopiq bo'lib, ikkita yirik orqa va qorin qon tomirlari ham da ulardan
ketadigan kichikroq tomirlardan iborat; yuragi bo'lm aydi. Karbonat
angidrid bilan t yingan qoni tanasidan qorin qon tom iriga yig'iladi va
undan tananing oldingi tomoniga oqadi. Q orin qon tomiridan jabralarga
juda ko'p m ayda qon tomirlari keladi. Jabralarda sodir bo'ladigan gaz
alm ashinuvi tufayli qon kislorod bilan boyiydi. Q on jabralardan ikkita
orqa qon tomiriga oqib chiqadi. Tomirlar halqumdan o'tib yagona umumiy
tomirga birlashadi. Q on orqa tomirlardan boshlanadigan mayda tomirlar
orqali tanadagi barcha organlarga tarqaladi.
Lansetnik halqum i devorida juda ko'p jabra teshiklari bor. Jabra
teshiklari m axsus jabraoldi bo'shlig'iga, bu bo'shliq esa qorin tomonidan
tashqariga ochiladi. Ayirish organlari metanefridiylarga o'xshash bo'lib,
jabralar bo'ylab metamer joylashgan. Og'zi paypaslagichlar bilan o'ralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |