yo'qolib ketgan. Bit, burga va ishchi chumolilarning qanoti butunlay
rivojlanmagan. Qanotining tomirlari qanot plastinkasi uchun tayanch
bo'lishi bilan birga oziq moddalar va kislorodni qanot to'qimalariga
o'tkazish vazifasini ham bajaradi. Tomirlaming tuzilishi hasharotlar
sistematikasida muhim ahamiyatga ega.
Q o rin b o 'lim i
9 —11 bo'g'im dan iborat. Chigirtka, chirildoq,
temirchak va yaydoqchilar urg'ochisining oxirgi qorin segmentida tuxum
qo'yuvchi o'simtasi bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ichki tu zilish i.
Hasharotlaming ovqat hazm qilish sistemasi ancha
murakkab tuzilgan (19 —rasm). Og'iz bo'shlig'iga 1 —,3 —juft so'lak
bezlarining yo'li ochiladi. Ayirish sistemasi vazifasini o'rta ichak bilan
orqa ichak chegarasida joylashgan juda ko'p (4—100 tagacha) malpigi
Do'stlaringiz bilan baham: |