Bo'g'imli oyoqlardan iborat tanasi bosh —ko'krak va qorin qismlarga
bo'linadi. Qorin qismining o'zi ham ancha keng bo'g'imlardan tuzilgan
oldingi va ensiz bo'g'imlardan iborat keyingi qismlarga ajraladi. Keyingi
qorinning eng oxirgi bo'g'imida zahar ishlab chiqaradigan bir juft bezi
va nish joylashgan.
Chayonlar hasharotlami va o'rgimchaklami tutib yeydi. Oziqlanish
uchun kechalari ovga chiqadi, kunduzlari esa toshlar ostida, devorlar
k o v a g id a y a sh ir in ib y o ta d i. O 'lja sin i u sh la sh u ch u n o y o q
paypaslagichlarining uchidagi qisqichlaridan foydalanadi. Qisqichlari
yordamida tutgan o'ljasini tepaga ko'tarib turib, nishini sanchib, zahar
yuboradi. So'ngra o'ldirilgan o'ljasining tanasini so'rib, oziqlanadi.
Chayonlar o'z nishlaridan faqat o'zini himoya qilish va oziqlanish uchun
foydalanadi. Ular bezovta qilingandagina odamni chaqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |