N a fa s o lis h i.
Butli o'rgimchak havo kislorodi bilan o'pka orqali
nafas oladi. Qorin qismining ostida bir juft nafas teshiklari bor. Teshiklar
maxsus qopqoqchalar bilan yopilgan. O ’pkasi bir juft xaltachaga
o'xshash bo'lib, unda bargsimon mayda o'simtalar bor. Bu o'simtalaming
yupqa devori orqali gazlar almashinuvi sodir bo'ladi. O'pkalardan
tashqari, qorin qismidagi havo tashuvchi tarmoqlangan naychalar, ya'ni
traxeyalar ham nafas olish organi vazifasini bajaradi. Bu naychalaming
havo kiradigan teshikchalari (stigmalar) b o’ladi. Ular o'rgimchak qorin
qismining ostki tomoniga yaqin joylashgan.
U r c h ish i v a riv o jla n ish i.
O'rgimchaklar ayrim jinsli, urg'ochisi
erkagidan kattaroq bo'ladi. Erkagi oyoq paypaslagichlarining uchi
to'g'nag’ichsimon —yumaloq shaklda, urg'ochilarida esa ipsimon bo'ladi.
O'rgimchaklar yozning oxirida juftlashadi. Urug'langan urg'ochi
Do'stlaringiz bilan baham: |