To'mi urg'ochi o'rgimchaklar tqiydi. Buning uchun u dastlab bir
joydan nursimon ravishda chiqadigan yo'g'on iplar tortadi; keyin ulaming
har birini ingichka ip bilan halqa shaklida aylantirib o'rab chiqadi. Butli
o'rgimchakning to'ri butalar, daraxt shoxlari orasida ko'p uchraydi.
To'ming shakli yer yuzasiga nisbatan tik joylashgan g'ildirakka o'xshaydi.
O'rgimchak to'rning bir chetida o'ljasini poylab turadi. O'lja to'rga
tushganida maxsus signal iplari bu to'g'rida xabar beradi. Buni sezgan
o'rgimchak o'ljasiga tashlanadi va uni ip bilan o'rab oladi. Keyin o'ljasining
tanasiga o'tkir xeliseralarini sanchib, u orqali so'lagini yuboradi, uning
tarkibidagi zahar hasharotni nobud qiladi va ichki organlarini eritib,
suyuq holga keltiradi. Bir necha muddat o'tgach o'rgimchak o'ljasining
tanasini so'rib ola boshlaydi. Ko'p o'tmay o'ljadan po'st qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |