9.3. O 'r g im c h a k sim o n la r (A r a ch n o id ea ) s in fi
O'rgimchaksimonlar o'rgimchaklar, solpugalar, chayonlar, soxta
chayonlar, pichano'rarlar, qiloyoqlilar, kanalar turkumlariga bo'linadi.
Ularning tipik vakili butli o'rgimchak hisoblanadi.
O'rgimchaksimonlar keng tarqalgan va har xil muhitda yashashga
moslashgan bo'g'imoyoqliiar bo'lib, hozirgi vaqtda ularning 60000 dan
ortiq turi bor. Ko'pchilik o'rgimchaklarning tanasi bosh —ko'krak va
qorindan iborat ikki bo'limga bo'linadi. Lekin bular orasida tanasi yaxlit
bo'lgan kanalar bor. O'rgimchaklar o'pkasi yoki havo o'tkazuvchi maxsus
naychalar ham traxeyalari yordamida nafas oladi. Yurish oyoqlari 4
juft bo'ladi. Bosh qismidagi oyoq paypaslagichlari sezish vazifasini
bajaradi. Ulaming mo'ylovlari va murakkab fasetkali ko'zlari bo'lmaydi.
Ko'rish organi bir necha juft oddiy ko'zchalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |