T eri-m u sk u l xaltasi.
Chuvalchangning tanasi tashqi tomondan yupqa
epiteliy teri bilan qoplangan. Terisining sirti shilimshiq m odda bilan
qoplangan. Shilimshiq modda chuvalchangning tuproqda harakatlanishini
osonlashtiradi va teriga kislorod o'tishiga imkon beradi. Epiteliy ostida
halqa va bo'ylam a muskullar joylashgan. Ichki tom ondan tana devorini
bir qavat epiteliy hujayralari qoplab turadi. Shunday qilib, tashqi va
ichki epiteliy, halqa va bo'ylama muskullar teri —muskul xaltasini hosil
qiladi. Halqa muskullar chuvalchang tanasining cho'zilishiga, bo'ylama
m u sk u llar esa q isq a rish ig a yordam beradi. H alqa va b o'ylam a
muskullaming navbat bilan qisqarishi tufayli chuvalchang harakatlanadi.
Teri —m uskul xaltasi suyuqlik bilan to'lgan tana bo'shlig'ini o'rab
turadi. Bo'shliqda ichki organlar joylashgan. Halqali chuvalchanglar
Do'stlaringiz bilan baham: |