7. HALQALI CHUVALCHANGLAR (AN NELID A) TIPI
Halqali chuvalchanglar tanasi ko'p sonli bo'g'imlar, ya'ni halqalardan
tashkil topgan hayvonlardir. Suvda erkin harakat qffib hayot kechiradigan
halqalilaming har bir tana bo'g'imida bir juftdan parapodiylari rivojlangan.
Tuproqda yashaydigan turlarida esa parapodiylar yo'qolib ketgan,
ulam ing o'rnida qilchalar saqlanib qolgan. Ayirish sistem asi har bir
bo'g'im da bir juftdan joylashgan naychalardan iborat. Bunday ayirish
sistem asi m etanefridiy (meta —bo'g'im, nefridiy — buyrak) deb ataladi.
Halqali chuvalchanglarning hazm qilish, nerv sistemalari yassi va
to'garak chuvalchanglarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Qon
aylanish sistem asi bitta tutash doiradan iborat. Yuragi bo'lmaydi.
Halqali chuvalchanglar dengizlarda, chuchuk suv havzalarida va
tuproqda yashaydigan 12000 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Bu tip
Do'stlaringiz bilan baham: |