sodda tuzilgan ko'p hujayralilar kiradi. Ko'pchilik bo'shliqichlilar dengiz
va okeanlarda, faqat ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi.
Ular orasida yakka yashovchi, koloniya hosil qiluvchi ham da o'troq va
erkin yashovchi turlari bor.
Bo'shliqichlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning tanasi shu'lasimon, y a ’ni
radial simmetriyali bo 'ladi. Tanasi ikki qavat bo'lib joylashgan hujayralardan
iborat. Tashqi qavati ektoderma, ichki qavati endoderma deyiladi. Ektoderma
va endoderma har xil tuzilishga ega bo 'lgan hujayralardan iborat. Bu ikkala
qavatni hujayrasiz parda — mezogliy ajratib turadi. Ektoderma va endoderma
tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tana bo'shlig'i ichak vazifasini ham bajaradi.
Bu bo'shliq tashqi muhit bilan faqat o g ’iz teshigi orqali bog'langan. Nerv
hujayralari ko'pincha tanada tarqoq joylashgan. Hamma bo'shliqichlilar
ektodermasida otuvchi hujayralar bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |