yagon a kaft bilaguzuk suyagini hosil qiladi.
Yelka kamari skeleti kurak, korakoid va o'mrov suyaklaridan tashkil
topgan. Kurak suyagi uzun qilichsim on shaklda bo'lib, qovurg'alarning
ustida joylashadi. O'mrov suyaklari oldingi uchlari bilan qo'shilib,
qushlarga x os bo'lgan ayri suyakni hosil qiladi.
Keyingi suyaklar oyoq son, katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil
topgan, kichik boldir suyagi rudiment holida bo'lib, katta boldir suyagiga
qo'shilib ketadi. Tovon oldi suyagining ustki bo'limi tovon suyagiga qo'shilib
ketadi va qushlar uchun xarakterli bo'lgan ilik suyagini hosil qiladi.
Chanoq kamari yupqa yonbosh, quymich va qov suyaklaridan hosil
bo'lgan. Quym ich va qov suyaklarining keyingi uchlari qo'shilm aydi
va ochiq chanoq hosil qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |