D um lilar (Caudata) tu rk u m iga
350 ga yaqin tur kiradi va ular asosan
shim oliy yarim sharda tarqalgan. Gavdasi uzunchoq bo'lib, yaxshi
rivojlanmagan dumi bor. O ldingi va k eyingi oyoqlari deyarli bir xil
uzunlikda bo'ladi. Tana umurtqalariga kurtakka o ’hshash qobirg'alari
birikkan. Peshona va tepa suyaklari qo'shilm agan. O'mrov suyagi yo'q,
bilak, tirsak hamda katta va kichik boldir suyaklari o'zaro qo'shilmagan.
K eyingi kovak vena bilan bir qatorda kardinal venalar ham saqlanadi.
Yon chiziq organi umrbod saqlanadi. Urug'lanishi ichki. Ba'zi turlarida
neoteniya hodisasi uchraydi, ya'ni lichinkasi metamorfozga uchramasdan
lichinka holida ko'payadi. MDH hududida dumli amfibiyalardan tritonlar
keng tarqalgan. Karpat tog'larida olovli salamandra, Uzoq Sharqda yapon
salamandrasi, Bolqon orollarida esa protey va boshqa turlari yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |