O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek dialektologiyasi



Download 5,93 Mb.
bet123/165
Sana12.04.2022
Hajmi5,93 Mb.
#546952
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
Янги укув йили учун мажмуа 2022

3) janubi-sharqiy guruh - bu guruhga qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasini tashkil qiluvchi ko‘pchilik o‘zbek shahar shevalari, hozirgi o‘zbek adabiy tili va eski o‘zbek tili, qardosh turkiy tillardan esa yangi uyg‘ur tili kiradi. Mazkur lahjaga kiruvchi shevalarning ko‘pchiligi uchun shu narsa xarakterliki, ular tojik tili bilan juda qadimdan aloqador bo‘lgan.
Bundan ko‘rinadiki, o‘zbek tilining dialektal kompleksi haqiqatan ham murakkab bo‘lib, u O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasidagi xalqlar tilining kichik lingvistik xaritasini eslatadi.
Tarixiy-lingvistik faktlar ko‘rsatganidek, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasida mavjud bo‘lgan uchta (qipchoq, o‘g‘uz, qarluq-chigil-uyg‘ur) til birligi o‘zbek tili tarkibida ham xuddi shunga mos uch lahjaning (qipchoq, o‘g‘uz va qarluq-chigil-uyg‘ur lahjalarining) mavjud bo‘lishiga olib kelgan.
I. Qipchoq lahjasi. O‘zbek tilining qipchoq lahjasi har xil turkiy urug‘-qabila guruh vakillarini o‘z ichiga oladi. Bular orasida qipchoq, nayman, qangli, mitan, laqay, uyshun, qoraqalpoq, tama, qishliq, ongut, qiyot, do‘rmon, arg‘in, uyg‘ur kabi ko‘pgina urug‘lar mavjud.
Qipchoq lahjasiga taalluqli shevalar juda katta territoriyaga tarqalgan. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida mazkur lahja vakillarining borligi ham bu fikrning to‘g‘ri ekanligiga dalildir. Haqiqatan ham, qipchoq lahjasining vakillari Toshkent viloyatining Ohangaron vodiysi, Fargona, Andijon viloyatlarida ham yashaydilar. Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari aholisining ko‘pchilik qismi ham qipchoq lahjasining vakillaridir. Bugina emas, o‘zbek tili qipchoq lahjasining shevalari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari territoriyasida ham bor.
O‘zbek tilining qipchoq shevalari faqat dialektologlar uchungina emas, balki folklorshunoslar uchun ham juda qiziqarli materiallar beradi. Avloddan-avlodga o‘tib kelgan juda boy xalq og‘zaki ijodi, xususan, qahramonlik eposi o‘zbek xalqining milliy g‘ururi hisoblanadi. Shu sababli aksariyat qismi qipchoqlardan bo‘lgan o‘zbek xalq baxshilarining hayoti va ijodini o‘rganish, o‘z navbatida, qipchoq shevalarining xarakterli til xususiyatlarini har taraflama tadqiq qilishni taqozo etadi. Shu bilan bir qatorda, qipchoq lahjasi o‘z fonetik va leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra o‘zbek adabiy tili normalaridan ham ko‘p jihatlari bilan farq qiladi.

Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish