О’zbеk shеvаshunоsligining bugungi dоlzаrb muаmmоlаri
Har bir tilning shevalarini o‘rganuvchi fan tasviriy dialektologiya deb yuritiladi. O‘zbek dialektologiyasi hozir tasviriy dialektologiya bosqichidadir. Bu fan boshqa fanlarni, shu jumladan til tarixini o‘rganishda zaruriy manba ekanligini hisobga olsak, bu jarayonda tarixiy dialektologiya to‘g‘risida ham fikr yuritish lozim bo‘ladi. Tilning rivojlanishi ayni o‘rinda shevalarning ham tarixiy rivojlanishi hisoblanadi. Bu esa tarixiy dialektologiyaning tekshirish obyektidir. O‘zbek tilshunosligida tarixiy dialektologiya endigina shakllanib kelmoqda.
Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlari bilan birga shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o‘zgarishi, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida boshqa tillarning ishtirokini aniqlash kabilarni ham o‘rganadi, lahja va shevalarni lingvo-geografik usullar bilan o‘rganish ham, birinchi navbatda, tarixiy maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Shevalarni o‘rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli ma’lumotlar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki ma’lum darajada o‘zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik shakllar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‘ishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o‘rganish uchun juda ahamiyatlidir.
а) Shеvа fаktlаrini ishоnchli tаrzdа, izchil tо’рlаsh, sаrаlаsh; b) hаr bir shеvаning lеksik, fоnеtik vа grаmmаtik хususiyatlаrini jiddiy о’rgаnish; v) о’zbеk shеvаlаrini hududiy kаrtаlаshtirish; g) ulаrning turli tiрdаgi аtlаslаrini yarаtish mаsаlаsi; d) о’zbеk shеvаlаrining bir nеchа tоmlik lug’аtini tuzish; е) о’zbеk shеvаshunоsligining nаzаriy-mеtоdоlоgik muаmmоlаri: аksiоmаtikа - shеvаning о’zbеk аdаbiy tiligа sо’zsiz аsоs bо’lishi; mеtоdоlоgik rеflеksiya - аdаbiy tilning shеvаgа tа’siri; shеvаlаrning о’zаrо tа’sir mаsаlаsi; shеvа, lаhjа, diаlеkt tushunchаlаri, ulаrning tа’rifi; trаnskriрsiya; раsроrtlаshtirish; shеvа vа аdаbiy til munоsаbаti; аdаbiy til bilаn shеvаlаrning fаrqlаnish jihаtlаri; shеvаning mа’lum til dоirаsining nоrаsmiy hududiy til kо’rinishi ekаnligi; о’zbеk tilining shеvаlаrgа bоy ekаnligi; buning sаbаblаri; shеvаni о’rgаnishning dаrаjаsi, hоlаti kаbilаr.
Tarixiy dialektologiya esa tilning dialektal xususiyatlari bilan birga shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o‘zgarishi, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida boshqa tillarning ishtirokini aniqlash kabilarni ham o‘rganadi, lahja va shevalarni lingvo-geografik usullar bilan o‘rganish ham, birinchi navbatda, tarixiy maqsadlarni ko‘zda tutadi.
S hevalarni o‘rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli ma’lumotlar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan yoki ma’lum darajada o‘zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik shakllar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o‘rganish uchun juda ahamiyatlidir.
Shuningdek, o‘zbek dialektologiyasi ham o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganish, uning ayrim noaniq masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir. Qadimiy o‘zbek yozma yodgorliklarining biz uchun noaniq bo‘lgan ayrim xususiyatlarini xozirgi zamon o‘zbek shevalarini o‘rganish bilan ( shu sheva materiallari yordamida )aniqlashimiz to‘ldirishimiz mumkin. Dialektlarni o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy ahmiyatga ega. Shevalarni o‘rganish o‘zbek adabiy tilining fonetik leksik-grammatik me’yorlarini belgilash uchun, shuningdek, o‘zbek orfografiya va orfoepiyasini mo‘tadillashtirish uchun ham katta yordam beradi.
O‘zbek diаlektоlоgiyasi o‘zbek tili vа аdаbiyoti o‘qituvchisi uchun hаm nаzаriy, hаm аmаliy аhаmiyatgа mоlik bo‘lgаn fаndir. Bu fаn bo‘yichа оlingаn nаzаriy bilimlаr, yuqorida ta’kidlanganidek, keyingi kurslаrdа o‘tilаdigаn fаnlаrgа nаzаriy аsоs bo‘lib хizmаt qilsа, аyni zаmоndа, til vа аdаbiyot o‘qituvchilаrini o‘zbek diаlektоlоgiyasi bilimlаri bilаn qurоllаntirib, o‘z pedagogik fаоliyatidа diаlektаl хаtоlаr ustidа ishlаshga ham tayyorlaydi, ya’ni o‘quvchilаrning yozmа vа оg‘zаki nutqidа uchrаydigаn diаlektаl хаtоlаrning mаnbаlаrini aniqlash va to‘g‘ri yo‘l tutishigа yordаm berаdi.
O‘zbek shevalarning asosiy xususiyatlarini yaxshi bilish o‘qituvchilar, ayniqsa, ona tili o‘qituvchisi uchun juda zarur. Hozirgi kunda sheva xususiyatlari adabiy til ta’sirida juda tez birlashib, tekislanib borayotganiga qaramay, bu xususiyatlar faqat qishloqlarda emas hatto shaharlarda ham maolum darajada saqlanib turibdi. Shu sababli o‘qituvchilar nutqida, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yozuvida uchraydigan xatolar sheva taosirida sodir bo‘lmoqda. Shuning uchun o‘qituvchilar, ayniqsa, ona tili o‘qituvchisi, o‘zbek adabiy tili me’yorlarini yaxshi bilishi, bu me’oyorlarni o‘quvchilarga o‘rgatishi, ularning yozma va og‘zaki nutq madaniyatini o‘stirish ustida tinimsiz mashulot olib borishi zarur hamda o‘quvchilar nutqida uchraydigan kamchiliklarni (sheva taosiri) tuzatmoq uchun barcha o‘zbek shevalariga xos hususiyatlarni yaxshi bilmoi kerak. Masalan, o‘quvchilarning nutqida fonetik (aynalmoq//adabiy tilda aylanmoq; esna//adabiy tilda ensa), morfologik (qaratqich kelishigining o‘rnida tushum kelishigi affiksini ishlatish: (nonni ushoi//adabiy tilda nonning ushoi). Jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarini farqlamaslik: Buxoroga turadi//adabiy tilda Buxoroda turadi; leksik (adabiy tilda chaqaloq o‘rnida buvak, bobak, adabiy tilda chumoli o‘rnida: mo‘rcha, qarinja ) kabi sheva xususiyatlari uchrab turadi. O‘quvchilar nutqida uchraydigan bunday xatolarni tuzatish uchun o‘qituvchi shu xatolarning kelib chiqish sababini bilmoi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |