O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
O‘ZBEK DIALEKTOLOGIYASI
fanidan
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Qarshi – 2021
O‘UMNING KELISHUV VARAQASI
O‘UM muallifi:
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
O. O‘rinova
Taqrizchi:
N.Yo‘ldosheva - filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Kafedra mudiri f.f.d. B.Bahriddinova
Kafedra yig‘ilishi qarori №1 «____»__________ 20__ .
Kelishilgan:
Fakultet kengashi raisi _________________ dots. O.Shukurov
Fakultet ilmiy kengashi qarori № _____ «____»________ 20__ .
OTM O‘UK raisi _______________________ P.Qurbonov
OTM O‘UK yig‘ilishi bayonnomasi № _____ «____»________ 20_ y.
Axborot texnologiyalari
markazi rahbari _____________________B.Оchilov
“O‘zbek dialektologiyasi” fani O‘UM ning mundarijasi
MUNDARIJA
1.
|
O`MMning titul varag`i
|
|
2.
|
Mundarija
|
|
3.
|
Ma’ruzalar matni
|
|
4.
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
|
5.
|
Seminar mashg‘ulotlari
|
|
6.
|
Mustaqil ta’lim bo`yicha usuliy ko`rsatmalar va mavzular
|
|
7.
|
Glossariy
|
|
8.
|
Ilovalar:
|
|
|
-fan dasturi
|
|
|
-ishchi fan dasturi
|
|
|
-tarqatma materiallar
|
|
|
-testlar
|
|
|
-baholash mezonlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
|
|
|
-O‘UMning elektron varianti
|
|
Annotatsiya
O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek shevalarini o‘rganadigan fandir. Dialektologiya so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, shevalar, dialektlar va lahjalar to‘g‘risidagi bilim degan ma’noni bildiradi. O‘zbek dialektologiyasi o‘zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini, ularning shakllanish hamda tarqalish chegaralarini o‘rganadi.
SHevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma’naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur.
O‘zbeklar hozirgi O‘zbekiston Respublikasi, Markaziy Osiyo mamlakatlarida, Afg‘oniston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Xitoy Uyg‘uristonida, qisman Mongoliyada va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiladilar. Albatta, ularning tili o‘zbek tili bo‘lsa-da, o‘ziga xos mahalliy xususiyatlarga ega. O‘zbek shevalari o‘zbek tilining mahalliy ko‘rinishlari bo‘lib, uni o‘rganish fan uchun nazariy ahamiyat kasb etsa, bo‘lajak filolog uchun amaliy ahamiyatga molikdir. Bu fanni o‘rganishdan maqsad o‘zbek shevalarining eng muhim xususiyatlari – fonetik, leksik, morfologik va qisman sintaktik xususiyatlari haqida talabalarga to‘la ma’lumot berishdir.
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua “O‘zbek dialektologiyasi” fanidan 5120100- Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetining bakalavr yo‘nalishi uchun tasdiqlangan “O’zbek dialektologiyasi” ishchi, fan dasturi asosida tayyorlandi. Unda ishchi o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv dastur, sillabus kursni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, ma’ruzalar matni va amaliy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni, adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, test variantlari, reyting jadvali, talabaning bilimini baholash mezonlari ham berildi.
Mazkur dars ishlanmalari talabaning ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlari materiallari ustida mustaqil ish olib borishiga imkoniyat yaratadi, ayni paytda talabaning o‘z bilimini o’zi nazorat qila olishiga ham yordam beradi. Ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida yaratilgan dars ishlanmalari darsning samarali tashkil etilishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |