Polvonlar bosh bakavul oldida og‘izlarini suv bilan chayqadi. Qo‘llarini suvlab xo‘lladi.
Polvonlar olishi bor -yo‘g‘i bir necha daqiqa davom etdi. SHugina vaqt g‘arq terga botib qoldi.
Bu yerda polvonlar so‘zi takror qo‘llanilib qaysi turkumga mansubligiga ko‘ra ot takror, joylashish o‘rniga ko‘ra simmetrik takror joylashish o‘rniga ko‘ra uzoq o‘rinli takror.
Men sergak bo‘laman. Ohista-ohista qaddimni rostlayman.
Qo‘shiq tobora yaqin-yaqin keladi. Bora –bora qirni qo‘shiq oladi.
Men ruboiy qo‘shiq qo‘ynida qolaman!
Ko‘nglim qo‘shiqqa to‘ladi limmo-lim.
Yayrab ketaman! Olislarga termulaman-kulaman, olislarga termulaman-tag‘in kulaman!.
Ko‘nglim tomchilashini qo‘ymaydi, men –kulishimni!
Oshna men o‘zimizning qo‘shiqni eshitaman, o‘zimizning!
Momoqiz qo‘shiq aytadi, momoqiz!
Nasim oshna, men ana shunda Momoqizni ko‘raman!
“U o‘roq o‘rib –o‘rib... ro‘molining uchi ko‘kragiga tushib-tushib... uni tag‘in yelkasiga tashlab-tashlab ... menga qiyo boqib-boqib... Zulflarini toblab-toblab... ham iboli, ham ginali kulib-kulib... qo‘shiq aytadi!”
Bo‘ripolvon ko‘ngli to‘lib-to‘lib keldi.
Ko‘ngli to‘rida nimalar o‘ksib-o‘ksib kelaberdi.
Yonoqlarida marjon-marjon yoshlar oqdi.
(Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar I jild “Yulduzlar mangu yonadi” 99 –bet)
Bo‘ripolvon o‘z bilganidan qolmadi. Brigadasida suluv degich qiz bo‘ldi. Bo‘ripolvon ana shu qizni ko‘z ostiga oldi.
Suluv Bo‘ripolvon ko‘ngliga o‘tirib qoldi.
Ko‘ngliga o‘tirgani- Suluv erkak zoti ko‘ziga tik qaramadi.
Suluv o‘zi oti o‘zi bilan suluv bo‘ldi.
Suluv yuzlar aql-ibosi bilan shoista bo‘ldi. O‘roq o‘rishda, uzum uzishda Suluvdan o‘tadigani bo‘lmadi.
Bo‘ripolvon Suluvni begona qilmadi.
(Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar I jild “Yulduzlar mangu yonadi” 62-bet)
Ushbu matnda Suluv so‘zi takror sanalib qaysi turkumga mansubligiga ko‘ra ot takror.
-Ur! sol tumshug‘iga!
-Ur! musht turganda muomala nima kerak!
-Ur! kalla qil, kalla!
(Tog‘ay Murod. “Ot kishnagan oqshom” 163-bet)
Kelin-kiyov yonma-yon turdi.
Bo‘z bolalar kelin –kuyov poyida davra qurdi. Qizlarga xazil -mutoyiba gaplar otdi.
Ko‘ngillar ko‘ngillarni izladi, ko‘zlar ko‘zlarni izladi.
Ko‘zlar xushtor-xushtor boqdi, g‘amzali-g‘amzali boqdi.
Ko‘zlar o‘ynadi, ko‘zlar chorladi
Ko‘ngillar entikdi, ko‘ngillar orziqdi.
Qaysidir ko‘ngil oshiq bo‘ldi, qaysidir ko‘ngil mahshuq bo‘ldi.
Qaysidir ko‘ngilda ko‘xna dard qaytalandi.
Qasidir ko‘ngilda dard shu lahzadan boshlandi!
(Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar I jild “Oydinda yurgan odamlar” 227-bet)
Huyyo-Huyyo, Huyyong qani?
Bovang bergan tuyang qani?
Bovang bergan tuyang bo‘lsa,
Boqib yurganlaring qani?
Boqib yurgan tuyang bo‘lsa,
Adir ham cho‘llaring qani?
(Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar I jild “Ot kishnagan oqshom” 205-bet)
Ot, asl qo‘shiq oldini oldi,
Asl qo‘shiq chapdan yo‘l oldi.
Ot asl qo‘shiq oldini oldi,
Asl qo‘shiq o‘ngdan yo‘l oldi.
Ot tag‘in oldini oldi,
Asl qo‘shiq nima qilishini bilmadi yerga qarab turdi.
SHunda qo‘shiq otdan tushdi. Ot bo‘yniga qo‘lini qo‘ydi. Olis turdi.
Asl qo‘shiq ro‘moli yellarda xilpirab-xilpirab turdi.
Qo‘shiq, asl qo‘shiq qo‘lidan savatchani oldi.
Egar qoshiga ildi. Bir qo‘li bilan ot jilovidan ushladi. Bir qo‘li bilan asl qo‘shiq ro‘molidan ushladi.
Oxista-oxista qishloqqa yo‘l oldilar.
Qo‘shiqlar yuzma-yuz bo‘lib, nimalarni gapirishdilar.
Qo‘shiqlar yig‘lab-yig‘lab, mana bunday gapirishdilar:
-Umringizni olmayin dedim, bovasi yolg‘iz o‘g‘ilsiz…
-Shu gapingga nomaqullik noni yebsan, momosi…
Senga kelgan dardga o‘zim ko‘ndalang, momosi…
(Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar I jild “Oydinda yurgan odamlar” 329-bet)
Jamiki qavmlarni ergashtirdi, o‘zini Xo‘jayipok daryo suviga tashladi.
Undan Surxondaryo suviga o‘tdi. Surxondaryodan suzib chiqib, Zaxartepaga o‘raladi.
Zaxartepa Oq ilon ko‘ngliga o‘tirmadi!
Oq ilonlar tag‘in yurish qildi. Bobotoqqa yo‘l oldi.
Bobotog‘ning Govurgon degan yerini makon etdi.
Mana, ikki asrkim, Bobotog‘ ilonlar makoni bo‘ldi.
Ana shunday, emish-emishlar, Olloyor otini ilohiylashtirdi.
Olloyor otini avliyolashtirdi.
El, Olloyor mozorini devorlab oldi.
El, Olloyor mozorini tevaragini devorlab oldi.
El, mozorini ziyoratgox etdi.
El, yaxshi- yomon kunlarda ana shu mozorga sig‘inajak bo‘ldi.
(Tog‘ay Murod. Tanlangan asarlar I jild “Oydinda yurgan odamlar” 257-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |