O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich 301-guruh talabasi Muhammadiyev Sherzodning matnshunoslik fanidan bajargan topshirig‘i



Download 29,5 Kb.
Sana07.04.2021
Hajmi29,5 Kb.
#62818
Bog'liq
matnshunoslik Sherzod 301


O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich 301-guruh talabasi Muhammadiyev Sherzodning matnshunoslik fanidan bajargan topshirig‘i

Qutadg‘u bilig (1)

Bu muhim kitobning 3- nusxasi topildi.

Abbosiy xalifalari kuchsizlanib,Bag‘dod shahri islom dunyosining adabiy-ilmiy markazligini yo‘qotg‘onidan so‘ng Xurosonda,Turkistonda Nishobur,Marv,Buxoro,Samarkent kabi ilmiy-adabiy yangi markazlar vujudga keldi.SHunlarning birtasi Qashqar shahridir.

Hijriy to‘rtinchi asrning so‘nglaridan boshlab Turkiston o‘lkasi islom madaniyati ta'siriga qattig‘ berilgan,SHarqiy Turkistong‘a Bug‘roxonlar hukumati tevaragida islom,Eron ta'sirlari ostinda,bir "Saroy kishilari",xovos sinfi vujudga chiqqon edi.Mana shu sinfning tashakkuliga xizmat etmak,uning bosh tashkilotini berkitmak,uning so‘rog‘larig‘a javob bermak uchun yana islom-Eron adabiyotining kitob shaklinda yozilg‘on eng eski bir namunasi"Qutadg‘u bilig" kitobidir.

Islom-Eron ta'siri ostig‘a kirgan turk adabiyotining bu kitobidan eskirak bir namunasi haligacha ilm dunyosiga ma'lum bo‘lmag‘ondir.

Bu muhim kitob Yusuf xos Hojib tomonidan " Bolosog‘un"(2) da yozila boshlag‘on.Hijriy 465, milodiy 1069 da Qashqarda bitirilib,"Qora Bug‘rroxon"g‘a tortuq etilgan.

(1)Qutadg‘u bilig to‘g‘risida inqilobning 10-9-sonida o‘rtoq Sa'diy tomonidan barnoqla yozilg‘on edi. Bukun bu kitobning to‘g‘risinda yangidan to‘laroq bir maqola bostirishni munosib ko‘rdik. Idora

(2) Yettisuv viloyatida bir shahar bo‘lg‘on.

Yozilishi "nazm"ning ikkilik (masnaviy) shaklida bo‘lib vazni i mashhur Eron shoiri Firdavsiyning"SHohnoma"si vaznidadir.Kitob egasining Firdavsiy SHohnomasini ko‘rgani so‘zlaridan anglashiladir.Bu eski turk shoiri,turklar uchun juda qiyin bo‘lg‘oy.Bu vaznda juda mavaffaq bo‘lub yozg‘on..Bir ko‘b olimlarning aytganlariga ishonib men ham bu kitobning vaznida ancha kamchiliklar,to‘lmag‘on yerlar bor deb ishong‘on edim.Bu kun esa bu fikrda emasman.Vazn juda tuzuk chiqqan.Ba'zi joylaridan SHohnoma ohangining hidi kelib turadir.Biroq vaznni to‘ldurmoq uchun so‘z orasida hech kerak bo‘lmag‘on holda-"kur","ul" so‘zlarini tez-tez aytib turadirkim,shoirni bunga albatta ma'zur ko‘rishimiz kerakdir."Qutadg‘u bilig" san'atli bir she'r majmuasi emas,manzum bir axloqiy,idoriy kitobdir.Bunda inson sifatlaridan Adolat,Davlat,Aql,Qanoatni " majoz" yo‘li bilan to‘rt kishi etib ko‘rsatiladir.Bulardan Adolat xoqon bo‘lub oti " Kuntug‘di",Davlat unga vaziri bo‘lub oti "Oyto‘ldi",Aql vazirning o‘g‘li bo‘lub oti"O‘gdulmish",Qanoat vazirning qarindoshi bo‘lub,oti" O‘zg‘urmish" dir.

Mana shul to‘rt majoziy kishilarni shoir bir-biriga ko‘rushtirib so‘ylashtiradir.Aytmak istagani so‘zlarni,bermak istagani nasihatlarni shularning tilidan aytib eshittiradir.Berilaturg‘on nasihatlari xoqong‘a vazir,elchi,kotib,xizmatchi,qoyqochi bo‘laturg‘on kishilarning qanday bo‘lushlari;shoirlar,saidlar,a'lamlar,yulduzchilar,sotg‘uchilar,qo‘rishchilar bilan xoqonning qanday munosabat qilishi,so‘zlamak shartlari; dunyoning foniylig‘i;davlatning vafosizlig‘i to‘g‘rilarinda uzun,juda uzun so‘zlamakdan iboratdur.

Albatta bu kunning kishilari uchun bu nasihatlardan yarim chaqaliq foyda yo‘q.Biroq bu kitob eng eski bir turk shoiri tomonidan yozilg‘oni uchun til jihatidan eng eski bir zamonda turklar orasidag‘i "guruhlar" ham onlar orasidag‘i munosabatlarni bildirgani uchun tarix jihatidan juda muhim,juda qimmatli bir kitobdir.Ovrupa mustashriqlarining bu kitobga bergan ahamiyatlari shul jihatlardandir,albatta.

Bu muhim kitobning birdan-bir nusxasini Ovrupa mustashriqlaridan " Zuzaf Hammor "degan kishi Istanbuldan topib olg‘on.
Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish