O’zbek davlatchiligining shakllanishi



Download 171,5 Kb.
bet5/6
Sana20.03.2022
Hajmi171,5 Kb.
#503973
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbek davlatchiligining shakllanishi

Yodda tuting!
IX-X asrlarda o’zbek xalqining etnik shakllanishida quyidagi turkiy elatlar muhim rol o’ynaganlar: o’g’izlar, qarluqlar, chigillar, yag’molar, to’xsilar, turgashlar, arg’ular, yabakular, qipchoqlar,… .
’zbek xalqining shakllanishidagi ikkinchi muhim davr bu IX-XII asrlar hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda hozirgi o’zbek-larga xos qiyofa mahalliy aholining asosiy qismini tashkil etadi. Ilgari biz bu jarayonni XI-XII asr etnik jarayonlari bilan bog’lar edik. Keyingi yillarda shu davr materiallarini ikki tarixiy davrga IX-X va XI-XII asrlarga ajratish muvaffaq bo’lindi. Natijada O’zbekiston hududida IX asrda, bizning tadqiqotlar bo’yicha, aholining antro’ologik qiyofasida keskin o’zgarishlar yuz berganligini kuzatdik. Bu o’zgarishlar arxeologik izlanishlarda ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Jumladan, murdalarni astadonlarda ko’mish marosimlari, aholi orasida keng tarqalgan bosh shaklni sunhiy o’zgartirish odatlari yo’qoladi. O’zbeklarning elat sifatida shakllanish davri fanda XI-XII asrlar bilan izohlab kelinmoqda. Yuqorida qayd etilgan antro’ologik tadqiqot natijalarimiz bu jarayonga ko’chish davrini IX-X asrlarga oid deyishga asos beradi.
Fanda mo’g’ul istilosi Markaziy Osiyo aholisini keskin mo’g’ullashtirib, o’zgartirib yubordi, degan fikr keng tarqalgan. Lekin maxsus tadqiqotlarimiz bu masalaga ham oydinlik kiritdi. Mo’g’ul istilosi o’zbek aholisining tashqi qiyofasiga sezilarli iz qoldirmaganligini ham tahkidlab o’tamiz. CHunki, Chingizxon XII asr oxirida tashkil etgan yirik Mo’g’ul davlatida mo’g’ullar soni taxminan 0,7 million kishidan iborat bo’lgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka olingan bo’lsa, unda uning qo’shinlari soni 100-110 ming kishidan iborat bo’lgan. Lekin o’sha davrdagi 80 million aholisi bo’lgan Xitoyga yurishi davrida mo’g’ul qo’shinlarining ko’p qismini yo’qotganlar. Ular O’rta Osiyoga bostirib kelganida qo’shinlarning ko’pchiligi turkiy xalqlardan tashkil to’gani ma’lum . Bu davrda Muhammad Xorazmshoh davlatida 20 million aholi yashagan. Mo’g’ul qo’shinlari ko’p sonli mahalliy aholi tarkibiga o’z asoratini o’tkaza olmagan. SHuning uchun ham mahalliy aholida mo’g’ul irqi alomatlari deyarli namoyon bo’lmaganligini ko’rish mumkin.
O’zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri va XVI asr hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoga Dashti Qipchoq o’zbeklari kirib keladi va ular mahalliy aholiga o’z nomini beradi. SHu bilan birga IX-X asrlarda elat, xalq sifatida shakllangan hozirgi o’zbek etnik qiyofasidagi mo’g’uliy belgilarning bir oz faollashuviga olib keladi.
SHunday qilib, o’zbek xalqining etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ekanligining guvohi bo’ldik. O’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekiston hududida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy so’g’diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, masagetlar, kang’lar va dovonliklar tashkil etadi. Turli davrlarda kelgan qabilalar, elatlar va xalqlar davr o’tishi bilan mahalliy aholiga o’z tahsirini qisman o’tkazgan. O’zbek xalqining shakllanishi jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi tashqaridan kelgan aholiga nisbatan ustun bo’lgan. Ammo kelgindi aholiga mahalliy aholigi o’z tilini berdi. Lekin antro’ologik nuqtai nazardan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi ko’rinishini tubdan o’zgartira olmadi. Bu fikrimizni isbotlovchi dalillardan biri keyingi ikki ming yil davomida Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda mahalliy aholining tili uch marta o’zgardi SHarqiy eron tillari o’rniga g’arbiy eron tillari (fors tili) va eramizning birinchi asrlaridan turkiy tillar keng tarqala boshladi. Ammo mahalliy xalqning “qoni”, ya’ni genetikasi aytarli o’zgarmadi va qadimiy xalqlarga xos antro’ologik xususiyatlar shu kunlarga qadar saqlanib kelmoqda, o’zbek xalqining kelib chiqishi asosini qadimiy davrlardan boshlab, shu hududda yashab kelgan xalqlar tashkil etgan. Ular ikki yarim ming yil davomida mahalliy aholiga kelib qo’shilgan asosiy tarkibiy qismni tashkil etgan. SHuning uchun ham prezidentimiz I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan risolasida qayta-qayta o’zbek xalqining shakllanish asosini o’troq xalqlar, tubjoy xalqlar tashkil etganlar, deb ko’rsatdilar.
4.
O’zbek xonliklari davrida, keyin, Rossiya mastamlakachiligi va SHo’rolarning Qizil Imperiyasi davrida o’zbek xalqi ‘arokanda bo’lib ketdi. Milliylik yo’qoldi. Ayniqsa, SHo’rolar davrida “yagona sovet xalqi”ni shakllantirmoqchi bo’lgan noilmiy shovinistik siyosat davri qiyin kechdi. SHuning uchun ham o’zbek xalqining millat bo’lib rivojlanish yangi davri 1991 yildan-Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlandi.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirini chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi.
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining holis va haqqoniy tarixini tiklashi milliy o’zlikni anglashi, milliy iftixorni tiklash milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish va jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi.
Tarix millatni haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ajoyib jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Ahloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
Hurmatli prezidentimiz o’zlarining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan risolada tahkidlaganlaridek, xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma’naviy uyg’onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo’lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag’rikenglik hayot bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy mehyorlarga aylandi. Hatto, bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo halqlarinng madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho anhanalarini, shu hududda mavjud bo’lgan davlatchilik anhanalarini avaylab qabul qilganlar.
Ayni shu zaminda ko’p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko’chmanchi xalqlar o’troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar turk qabilalari bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko’p asarlar birga yashab kelganlar. So’nggi ikki asr davomida ham o’zlarini “madaniyatli” va “mahrifatli” hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg’inlar va diniy tahqiblar bilan o’zlariga dog’ tushirgan bir ‘aytda, O’zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch birlashgan joygina bo’lib qolmay, balki quvg’in qilingan xalqlarga bosh’ana ham berdi.
Istiqlolimiz 11 yilligining eng muhim yakuni, barcha xalqlar uchun “Umumiy uy”ga asos solinganligi, yangi ko’p elatli birlik vujudga kelganligi bo’ldi. O’zbek madaniyatining umuminsoniy mohiyati, ma’naviy ruhiy qadriyatlarning va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi bu birlikning negizini tashkil etdi.
O’zbek xalqi ruhining tiklanishi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarining shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bog’liq bo’lgan hodisadir. O’zbekistonda yashayotgan xalqlar, o’ziga xoslikni yo’qotmagan holda, umumiy ruhiyatga, xulq-atvor falsafasiga ega bo’lmoqdalar. Bu esa mustaqillik yillari mobaynida millatlararo totuvlik manbai bo’lib kelgan yagona ma’naviy-ruhiy negizni vujudga keltirdi.
prezidentimiz “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida aytadilar: Xalqimiz tarixan turkiy xalqlar oilasiga mansub bo’lishiga qaramay, ‘anturkizmni va “Buyuk Turon”shovinistik g’oyasini qathiyan rad etdi. Biz uchun Turon - mintaqadagi turkiy tilda so’zlashuvchi xalqlarning o’ta siyosiy emas, balki madaniy birligining ramzidir. Bundan tashqari, umumiy madaniy, tarixiy va antro’ologik ildizlarimiz bizni tojik xalqi bilan ham tutashtiradi. Bu hol bizga o’z madaniyatimizni Markaziy Osiyo uchun ma’lum darajada noyob bo’lgan turk va fors madaniyatlarining sintezi deb hisoblashga to’la huquq beradi.
Biz o’zbeklarni ulug’, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etayapmiz va aslida ham shunday.
O’zbekning fehl-avtori ayon. U yerni, tabiatni sevadi. Do’ppisida suv tashib bo’lsa ham, daraxt ko’kartiradi. O’zbek tom mahnoda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Mobodo qo’liga qurol olguday bo’lsa, faqat o’zini himoya qilish uchungina oladi.
O’zbek xalqining iligi to’q, baquvvat demoqchiman. Yana tilimizda “tagli-tugli”, “‘alagi toza” degan iboralar ham bor. Bu bir joyda muqim yashagan, o’z turmush tarziga, axloq-odob mezonlariga, aqidalari va tafakkur tarziga ega bo’lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi. Butun ommani, bir necha yuz minglab, millionlab aholini birlashtirgan aqidalarga, mezon va qoidalarga ega bo’lgan xalqni qanday izohlash, tahriflash mumkin?! Ana shu hayotiy va ijtimoiy mantiqdan kelib chiqsak, tahrif va izoh bitta - bo’ladi - milliy borlig’imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o’troq bo’lgan.
O’zbek xalqi o’zini dunyoga ko’rsatmoqda. CHet ellarda o’qiyotgan yoshlarimizning yutuqlari, s’ortchilarimzning hayratomuz g’alabalari, ilm-fan va texnikadagi yangiliklar o’zbek xalqining Uchinchi Uyg’onish davriga kirganligiga dalolatdir.

Download 171,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish