Oʻzbek bolalar adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Zafar Diyor 1912 yili Namangan viloyatining Chust tumanida, kambagʻal dehqon oilasida tugʻildi



Download 76,5 Kb.
Sana08.12.2022
Hajmi76,5 Kb.
#881580
Bog'liq
konspekt


Zafar Diyor
Oʻzbek bolalar adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Zafar Diyor 1912 yili Namangan viloyatining Chust tumanida, kambagʻal dehqon oilasida tugʻildi. Avval eski maktabda, soʻng bolalar uyida taʼlim va tarbiya oldi.
Boʻlgʻusi shoir 1927 yilda Oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kirib, uni 1933 yilda aʼlo baholar bilan tugatdi; shu ilm oʻchogʻida adabiyot muallimi boʻlib xizmat qildi. 1941 yilda esa Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatdi.
Shoir ijodi garchi erta boshlangan va koʻpgina sheʼrlari yoshlar gazetalari va “Yosh kuch”, “Kolxozchi bolalar” kabi jurnallarda chop etilgan boʻlsa ham, “Qoʻshiqlar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1938 yilda nashr etildi. Shoirning ijodiy faoliyati jurnalistika bilan chambarchas bogʻliqdir. U 1941 yildan to umrining oxirigacha respublika gazetalarida masʼul kotib, boʻlim mudiri vazifalarida ishladi. Shoirning “Qoʻshiqlar” toʻplamidan soʻng “Tantana” (1938), “Sheʼrlar” (1939), “Bizning qurolimiz”, “Bizning oila” (1942), “Sovgʻa” (1944) kabi sheʼriy toʻplamlari chop etildi.
Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida rang-barang janrlarda samarali ijod qildi. Uning “Qurol bering menga ham!” sheʼri H. Olimjonning “Qoʻlingga qurol ol!” asariga hamohang. Shuningdek, “Orzu”, “Temurchilar maktubi”, “Otam kelar yaqinda”, “Tabassum”, “Toʻqqizinchi may” kabi sheʼrlari yoshlarni qahramonlik, vatanparvarlik va doʻstlik ruhida tarbiyalashda muhim rol oʻynaydi. Zafar Diyor mohir bolalar shoiri boʻlishi bilan birga, yana navqiron naslning suyukli dramaturgi ham edi. Uning uch qismdan iborat “Baxtli yoshlik”, “Uch ogʻayni” pyesalarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, ahillik ardoqlanadi. U adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi, tarjimon va nosir ham edi.
Zafar Diyor 1946 yil 14 aprelda vafot etdi. Vafotidan keyin “Kichkina bogʻbon haqida doston” (1947), “Chaman” (1948), “Gunafsha” (1952), “Qanotli doʻstlar” (1958), “Suv bilan suhbat” kabi toʻplam va saylanmalari nashr etilgan.

AL-Xorazmiy


Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva – 850, Bagʻdod) – matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813–833), soʻng al Moʻʼtasim (833–842), al Vosiq (842–847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab.
Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-asrga kelib inqirozga yuz tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi boʻlgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan toʻxtab, xatto qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4–8-asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharxlar bitish bilangina shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan.
9-asrda Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bagʻdod ulkan iqtisodiy-ijtimoiy markazga aylandi va bu yerga ilm ahli oqib kela boshladi. Al Hajjoj ibn Matar al Kufiy, Abu Zakariyya Yahyo ibn al Bitrik, Huaayn ibn Ishoq, Qusta ibn Luqo al Baalbakiy va boshqa yunon olimlarining asarlarini, Muhammad al Fazariy, Yaʼqub ibn Tariq va boshqa olimlar hind tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjima qila boshladilar, arab tilida dastlabki sharxlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun uni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish lozim edi. Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan „Musulmon renessansi“ deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazmiy nomi va ilmiy jasorati bilan bogʻliq.
Xorazmiy Bagʻdodda yunon fanining yutuqlarini oʻrganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan kelgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishadi, ularni oʻzining muhim kashfiyotlari bilan boyitadi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuning uchun Xorazmiy oʻzigacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi.

4- “A” sinf o`quvchilari ota-onalarining yig`ilishga qatnashganligi ro`yxati


14.09.2019

1

Abdusattorova Sabina







2

Abdujlilov Abdulaziz







3

Akramov Sarvar







4

Axmadov Diyorbek







5

Ismoilov Ahmadali







6

Ro`ziyev Asliddin







7

Ro`ziyeva Sabrina







8

Ro`zimurodov Ozodbek







9

Uralov Behruz







10

Farhodov Faxro`z







11

Bahriddinova Jasmina







12

Mamadaliyeva Shahzoda







13

Mamatov Muhammad







14

Normurodova Gulasal







15

Normurodova Go`zal







16

Egamberdiyeva Parizoda







17

Qurbonova Layli







18

Eshonqulova Gulhayo







19

Xudoyberdiyeva E`zoza







20

Karimov Azizjon







21

Xolmurodova E`zoza







22

G`aybullayev Hasanjon







23

G`aybullayev Husanjon





















Sinf rahbari:Sadirova Gulnoz Ergashevna___________
Download 76,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish