O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)



Download 2,17 Mb.
bet24/237
Sana11.03.2022
Hajmi2,17 Mb.
#489443
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   237
Bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Moniylik she’rlari. Moniylik oqimi bir qator she'rlami ham yuza- ga keltirdi. Bu she’rlarda Moniyning shaxsiyati va u yaratgan oqimning
aqidalari madh qilinadi. Moniy shaxsi esa deyarli hamma she’rlarda bor. Moniyga buyuk iloh sifatida hamdu sanolar aytiladi.
Moniylik she’rlarining sanasi aniq emas, lekin bir necha yuz yillar davomida bu she ’rlar yaratilganini taxmin qilish mumkin, Turk xoqonligi davrida, bu xoqonlik tugab, uning o‘miga turkiy qavmlaming eng katta jabilalaridan uyg‘urlar hokimiyat tepasiga kelgan davrda ham moniylik She’rlari yaratildi. Bu tarixiy jarayon VII-IX asrlar boshlariga to‘g‘ri ke- pdi. Barcha moniylik she’rlarining g‘oyasi va maqsadi bir-biriga yaqin ©o‘lgani uchun u yoki bu timsol she’rdan - she’rga ko‘chaveradi. “Xudo- aan shafqat tilash” yoki “narigi dunyoda huzur-halovatga erishish”ning ltashvishigina emas, balki moniylik oqimini barcha ta’sirchan vositalar


Ji targ‘ib va tashviqi qilish muhim rol o‘ynadi.
Insonni gunohlardan qaytarish, to‘g‘ri yo‘lga solish uchun do‘zax
Jzoblari bilan qo‘rqitish bur turkumdagi she’rlarning asosiy mavzuidir. iiloniy jamoasi a’zolarining tasavvuri bo'yicha, olamning tuzilishi uch Javatdan iborat. Moniylikdagi bu tasawur shomonlik oqimidagi olam- ting tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga o‘xshaydi. “O‘lim tasviri” va Do‘zax tasviri” nomli she’rlar bu jihatdan diqqatga sazovor.
“O‘lim tasviri” she’rini pandnoma janriga mansub deb qarash mum- in. She’ming asosiy mavzui - to‘rtta dono tangrini inkor etish qanday bmon oqibatlarga olib kelgani to‘g‘risida bo‘lib, voqealar bayoni orqali ■‘git beriladi. She’rda aytilishicha, chinakam inson tangrilaming kalomi- a itoat etmog‘i lozim. To‘rtta dono tangriga itoat etsalar, to'rtta azobdan Utuladilar. Darvoqe, to'rtta dono tangri kimlar? Ular yer, suv, quyosh 1 olov xudolaridir. To‘rtta og‘ir azob ham o‘sha xudolarga qarshi qilin- in gunohlardan keladigan azoblardir. Bu o‘rinda to‘rtta azob tushunc- isi quyidagilar bo‘lib, jismoniy azobga emas, ruhiy azobga ishora qila- i to ‘rtta dono tangrini inkor etish, Tangrining kalomini qadrlamaslik, imat shaytonlariga topinish, juda ко p gunoh qilish.
I O‘lim haq, deb e’tirof etiladi she’rda. Shu boisdan narigi dunyoda iladigan azoblami unutmaslik lozim. Agarda inson tangrilaming kalo- ■iga itoat etmasa, unday insonning joyi do‘zaxdir, degan qat’iy hukm fpzkur she’ming mohiyatini tashkil etadi. She’r quruq pand-nasihatdan emas, balki do‘zaxda insonning shaytonlardan ko‘radigan azob- lari cheksizligidan afsus-nadomatlar ham bor. Shuning uchun she’rda io ‘zaxda yuz beradigan fojialaming manzarasi beriladi:
Oxiri insonning o‘lmog‘i ham bor,
Qorong‘u do‘zaxga tushmog‘i ham bor.
0‘n minglarcha shayton keladi, derlar,
0‘n minglarcha shayton ish ko‘rar, derlar.
Shaytonning tavsiii va tasviriga bu she’rda alohida urg‘u beriladi. Ana shu tavsifning o‘zi ham she’ming originalligini ta’minlaydi. Shayton odamzod singari emas, balki odamzodga teskari yaratilgan. 0‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi yovuz kuchlaming tavsiiiga oid mubolag‘aviy detallar, xalqning tasawur-tushunchalari shaytonning tavsiii uchun asos bo‘lgan, deb qarash mumkin. Qari shaytonning butun tanasi yung bilan qoplan- gan, qoshlari xuddi do‘l yog‘ayotgan paytdagi bulutga, ko‘zlari qonga to‘la tuvakka o‘xshaydi. Ko‘kraklari qoziqqa o‘xshaganbeo‘xshov. Bur- nidan qora bulut osmonga o‘rlab turadi, bo‘g‘zidan qop-qora tuman yuk- saladi, bag‘ri ilon bilan to‘la, barmoqlari ham katta.
Shaytonning bunday qiyofasi xalq tasavvuridagi timsollarga asoslan- gan. Odatda, aksariyat o'zbekxalq ertak va dostonlarida yalmog‘iz timso- li moniylik she’rlaridagi shaytonning tavsiiiga hamohangdir. Yalmog‘iz bilan shaytonga insonlaming bir xil munosabati shunday hamohanglikka sabab bo‘lgan. Maqsad - do‘zax azoblari bilan qo‘rqitishgina emas, bal­ki moniylik oqimining mohiyatini, uning afzalligini ko‘rsatish, gunoh- lardan qaytarish, faqat ezgu ishlar bilan mashg‘ul bo'lishga undash edi. Shuning uchun ham bu she’rda “dono inson”ga - Moniyga alohida urg‘u beriladi. Darvoqe, donolik - insonning o‘ta bilimdon bo‘lishidan iborat emas, balki Moniy ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlami butun vujudiga singdirish, Azrua (Zervan)ni tanib-bilishdan iborat. Azoblardan qutulishning shart- lariyu yo‘llari ham aslida shudir.
She’rda Tardich timsoli bor (Tardichday vujudin tark etar der­lar, molu mulk orqada qoladi derlar). Tardich inson tanasidagi ruhdir. Ruh tanani tark etsa, tana jonsizdir. U asl mohiyatini yo'qotadi. Xud­di shuningdek, mol-mulk aslida dunyoparastlar uchun ruh, ya’ni jondir. She’rda shu ikki narsa tenglashtirilmoqda. Dunyoparastlik va moniylik aslo kelisha olmasligini, ikkalasi ikki qutb ekanini “Xuastuanift” ham tasdiqlaydi. Umuman, moniylikdagi bu g‘oya umumbashariydir. Yassa- viyning
Qamug‘ dunyo yig'ganlami valloh ko'rdum, O‘lur vaqtda kularsan deb holin ko'rdum, Shayton aydi: imoningg‘a changal urdum, Jon chiqarda yig‘lay, ytg‘lay ketar, do‘stlar
kabi to‘rtliklariga hamohang. Moniy jamoasi a’zolarining tutgan yo'li, e’tiqodi mutassaviflami eslatadi.
Moddiy olamdagi hayot, umr inson taqdirida qanchalik muhim rol 0‘*yiasa, ruhiy olamda ezgulikning qiymati va mavqei muhimdir. Bir |0‘z bilan aytganda, she’rda inson ruhiyatiga alohida diqqat qaratiladi.
Ruhiyat - insonni ezgulikka yetaklovchi omil, u insonni shaytoniy Wssiyotlardan xalos qiladi, Tangri kalomiga itoat etishga, undan yuz (fgirmaslikka da’vat qiladi. Ruhiyatning da’vatkor kuchi uni tashviqu Hg‘ ib yoki turli ifodalar orqali tasvirlash orqali emas, balki aksincha 0O‘1 orqali - shaytonning qiyofasi, ya’ni bunga moddiy olamga xos yo- fuzliklami ko‘rsatish orqali erishiladi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish