9
vazmin qimirlay boshlabdi. Shundan keyingina Gershasp ajdar ustida kezib yurganini
payqab olibdi. Lekin Gershasp vahimaga va sarosimalikka tushmabdi.
1902-yilda Qashqarda qadimgi og`zaki adabiyotning «
Chistoni Elikbek» degan
muhim bir yodgorlik teksti topildi. Taxminan VIII-IX asrlarga mansub bo`lgan bu
asarda yomonlik kuchlariga
qarshi mardona kurashib, kishilarni o`limdan qutqargan
Gershasp singari xalq bahodiri Elikbek obrazi yaratilgan. «Chistoni Elikbek»ning
to`la saqlanib qolmagan o`sha tekstida quyidagilar hikoya qilinadi:
Jinlar Elikbekning qabiladoshlaridan ko`p kishini qirib tashlaydi. Rakshosh
nomli dahshatli dushman yuqumli kasallik tarqatadi. Fidokor Elikbek el-yurtini
halokatdan qutqarib qolmoq uchun dushmanlarga qarshi jangga otlanadi.
Garchi Rakshosh bilan bo`lgan jang tasviri matnda berilmagan bo`lsa ham,
asarning ruhi, shubhasiz, voqeaning Elikbek g`alabasi bilan
tugallanishidan dalolat
beradi.
Qadimgi mif v afsonalarning izi Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan o`zbek
xalqi og`zaki badiiy ijodiyotida shu kunga qadar yashab kelmoqda. O`zbek xalq
og`zaki ijodida o`nlab mifologik va afsonaviy qahramonlar obrazi tasvirlanadi.
Shunday obrazlardan biri Xubbi obrazidir. Xorazm mifologik afsonasida Xubbi suv
xudosi va kishilarni halokatdan qutqaruvchi qahramon sifatida gavdalanadi.
Juda qadim zamonlarda, Faridun va hatto Jamshid zamonasidan burun,
Amudaryoda Xubbi degan bir yigit bo`lgan ekan. U bir qo`li
bilan baliq tutar,
ikkinchi qo`li bilan uni quyoshga tutib turar, baliq bir zumda pishar ekan. Xubbi shu
xilda baliq eb, Amudaryoda 700 yil yashabdi, daryoni qo`riqlabdi, biror yomon ruh,
hattoki chivin ham daryoga yaqin yo`lashga botinolmabdi. Xalq suvga ma’mur
bo`lib, shod-xurram yashar ekan. Biroq Jamshid zamonasiga kelib, Xubbi g`oyib
bo`libdi.
Farg`ona vodiysida ham Xorazm mifologik qahramoni Xubbi obraziga
o`xshash Erxubbi obrazi yaratilib, ko`p afsonalarda hikoya qilinadi. Qadim vaqtlarda
kishilar Ohangaron (Toshkent vodiysi) daryosidan o`tganda Erxubbidan madad so`rar
ekanlar.
Xuddi shuningdek, ayrim qadimgi shaharlarning bino bo`lishi va nomi haqida
ham shu kunga qadar turli afsonalar hikoya qilinadi. Shulardan biri III-IV asrlarda
bino bo`lgan Baraktom qal’asi haqidagi afsonadir.
Qadim zamonlarda Qoraqalpog`istonning Qozog`istonga chegaradosh bir
vodiysida Barak degan zolim shoh yashar ekan. Shoh bir qasrida o`zi tursa, ikkinchi
qasrida katta ov burgutini saqlar ekan. Kunlardan bir
kun qasrga burgutning onasi
Anqo (mifik qush) kelibdi. Shoh kishilarning gapiga quloq solmay,ona-bolaning
diydor ko`rishiga xalaqit berib, burgutni ovga olib chiqmoqchi bo`ldi.Burgut
g`azablanib, barakka chovut solibdi-da, uni osmonga ko`tarib chiqib,erga tashlab
yuboribdi. Barak shohning parchalangan jasadi o`sha qasrda dafn qilinibdi.
Vodiy
xarob bo`libdi. Karvonlar unga yaqin yo`lamaydigan bo`lib qolibdilar.
Siyovush afsonasi. Eron shahzodasi Siyovush va Turon podshohi Afrosiyob
o`rtasidagi munosabatlar ushbu afsonada o`z ifodasini topgan.
Siyovushning shuhrati
ko`proq Xorazm va Buxoroda yoyilgani manbalarda qayd etilgan. Uning ildizlari
«Avesto»da uchraydi.
S.Tolstov xabaricha, Siyovush
miloddan oldingi XIII asrda
10
Xorazm davlatiga asos solgan.
U Beruniy ma`lumotiga suyangan. Izoh: Siyovush
afsonasi bayon qilinadi. Otasi Kaykovus, onasi Turon chegarasidan topilgan, o`g`li
Kayxusrav Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik, mardlik tuyg`ulari o`nlab
qissa va eposlarda o`z ifodasini topgan. Amorg va Sparetra, To`maris, Shiroq, Zariadr
va Odatida, Striangey va Zarineya, Iskandar haqidagi
qissa va afsonalar shular
jumlasidandir.
Amorg va Sparetrada Kirga qarshi kurashgan Amorg va uning rafiqasi
Sparetraning
jasorati, ayolning mardligi tasvirlansa, To`marisda Kirga qarshi jang
qilgan mard va vatanparvar To`marisning jasorati, Shiroqda oddiy cho`ponning
vatanparvarligi va mardligi, Zariadr va Odatida qissasida Midiya shohi Gistaspning
ukasi Zariadr va Amorg (Omarg)ning qizi Odatida sevgisi tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: