Muammoli vaziyat:
Xislat “Dostoni Borzu Sher” (Firdavsiy), “Mushuk ila sichqon” (Ubayd Zakoniy) asarlarini tarjima qildi? Bundan maqsad nima edi?
Vazifa:
“G‘azal” tamasining mohiyatini tavsiflang. Uning janr xususiyatlarini tahlil eting.
Maslahat:
Xislat hassos lirik shoir bo‘lishi bilan birga hajviy she’rlar ham yozgan. Uning bunday she’rlari 1922 yildan boshlab “Mushtum” jurnalida “Quyon” va “Pashmak” imzolar bilan bosilganligini unutmang.
Magistrlarga keysni yechish uchun zarur bilimlar: Xislat hayoti, faoliyati, ijodini o‘rganishda ijtimoiy-siyosiy voqealarning adabiyotga ta’siri masalalaridan xabardorlik, she’riyatning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qila bilishligi.
Magistrlarga keysni yechish uchun zarur vositalar: tegishli tarixiy manbalar, darslik, ma’ruzalar matni.
Umumlashtirish va mustahkamlash darslarida “B B B” usuliga asoslangan quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |