Muammoli vaziyat:
Jadid adabiyotini xolis o‘rganish, namoyandalari faoliyatiga haqiqiy baho mustaqillik yillari amalga oshdi. Shuningdek, bu davr adabiyotini davrlashtirish masalasi ham muhim va dolzarbdir. Bu borada adabiyotshunoslarning fikrlarini jamlash, turli qarashlardan bir to‘xtamga kelish muhim masalalardandir.
Vazifalar:
“Jadid” atamasining mazmunini tavsiflang. Adabiyot ijtimoiy hayot ko‘zgusi ekanini asoslang. Jadid adabiyotini o‘rganish istiqlol yillarida amalga oshganini, mustaqillik mafkurasini yoshlar ongiga singdirishda muhim vosita bo‘lishini ko‘rsatib bering.
Maslahat:
Jadid adabiyoti xususiyatlarini belgilashda uning o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi, boshqa xalqlar adabiyotlari bilan aloqasini nazardan qochirmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |