Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi jadid adabiyoti tarixi fanidan oʻquv- uslubiy majmua



Download 472,42 Kb.
bet23/82
Sana31.12.2021
Hajmi472,42 Kb.
#206339
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
Мажмуа Жадид адабиёти тарихи 2 tekshirilgan 2

Tayanch so‘z va iboralar:Sharq va G‘arb madaniyati, islom dini falsafasi, tasavvuf ta’limoti,“Madaniyati islomiya”
Ko‘p asrlik adabiyotimizning qonuniy merosxo‘ri bo‘lgan, mustamlakachilikning millat va vatan uchun halokatli oqibatini teran anglab yetgan, mohiyatan yangi adabiyotning butun ruhi hamda mazmunini xalqning milliy uyg‘onish jarayoni tashkil etadi. Adabiyot paydo bo‘lgandan beri erkka, hurlikka, istiqlolga tashna bo‘lib, yashagan va yashaydi. Bu tashnaligini qondirmoq uchun muttasil ravishda yangidan yangi buloqlarning ko‘zini ochishga, uning shifobaxsh suvlaridan odamzodni bahramand etishga harakat qilaveradi. Insonni milliy, irqiy, diniy, ahloqiy va boshqa har qanday cheklanishalrdan xoli qilish, uning hayotda emin-erkin yashashini adabiyotning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bu yo‘lda adabiyot ne-ne to‘siqlarga uchrasa-da, qanchadan qancha erk kuychilari qatliom qilinsa-da, hech qachon o‘z maqsadidan, yani istiqlol orzusidan voz kechmadi, buyuk maqsadga erishish yo‘lida kurashni davom ettiraverdi. Binobarin, adabiyotning sukut saqlashga mutlaqo haqqi yo‘q. U bir lahza bo‘lsin, “Sukutga tolar ekan, bu sukut xalqning inqilobi bilan baravar bo‘ladi”, degan edi Saltikov-Shedrin. Shuning uchun u doimo erk qo‘ng‘irog‘ini chalib turishga burchlidir.

Shu manoda jadidchilik harakati Turkistandagi milliy uyg‘onishning ijtimoiy-siyosiy ko‘rinishi bo‘lsa, jadid adabiyoti ushbu jarayonning badiy ifodasi edi. Bu adabiyot faqat g‘oyaviy-estetik jihatdangina emas, balki adabiy-estetik jihatdan ham ko‘p asrlik o‘zbek adabiyotining eng porloq sahifalarini tashkil etadi. Ayni paytda jadid adabiyoti va keng ma’noda milliy uyg‘onish davri adabiyoti boshqa juda ko‘p xususiyatlari bilan ham hozirgi o‘zbek adabiyoti, binobarin, XX asr adabiyotining sarchashmasi sifatida ham qadrlidir.

O‘zbek adabiyoti ming yillar davomida asosan Sharq xalqlari adabiyoti an’analari doirasida, arab, fors, hind adabiyotlari bilan hamkorlikda, islom dini falsafasi, tasavvuf ta’limoti ta’sirida rivojlandi. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida u yangi bir ma’naviy olamga, Yevropa madaniyati, adabiyoti tajribalariga yuz bura boshladi. Bu hodisa sho‘ro hokimiyati yillarida uzoq vaqt “O‘rta Osiyoning Rusiyaga qo‘shib olinishining progressiv ahamiyati” tarzida baholanib kelindi. To‘g‘ri, “falokatning sharofati” deganlaridek, o‘tgan asrning ikkinchi yarmida xalqimiz boshiga tushgan kulfat, tariximizning “eng kir, qora kunlari” bo‘lib qolgan rus istelochilari tomonidan yurtimizning zabt etilishi oqibatida bu yerda Yevropa tartib-qoidalari, fan va madaniyati, adabiyoti yangiliklari ham kirib kela boshladi. Biroq bu hodisa faqat Rusiya tomonidan bosib olingan Turkiston xalqlari hayotidagina emas, deyarli barcha Sharq mamlakatlarida, G‘arb mustamlakachilarining qo‘li yetmagan olis xududlarda ham sodir bo‘di. Jahonning biror burchagida ma’naviy va madaniy hayotda, ilm-fanda, adabiy tafakkurda paydo bo‘lgan yangiliklarning o‘zga xududlarga tarqalishi qonuniy, tabiiy holdir.

Turkistonda Rusiya mustamlakachilik siyosatining asoratli aravasi ish boshlagan XIX asrning 2-yarmidan boshlab xalqimiz tarixida yangi davr - Milliy uyg‘onish, o‘zlikni anglash harakati boshlandi. Bu harakatning boshida ma’rifatparvar ziyolilar turdilar. Ular yangilik tarafdori targ‘ibotchilari sifatida maydonga chiqdilar va xalqimizni savodli bo‘lishga undadilar. Bu taraqqiyparvar ziyolilar yangi o‘zbek adabiyoti asoschilari - millatning, vatanning chin o‘g‘lonlari, millat madaniyati, adabiyotining fidoyilari edilar: ular jahonga Muhammad Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Bahovuddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy, Bobur singari ulug‘ siymolarni bergan buyuk Turon yurti keyingi asrlarda jahon madaniy taraqqiyotidan orqada qolganligini teran tushundilar; millat qaddini rostlab olishining bosh yo‘li - taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, Yevropa madaniyati, adabiyotidan o‘rganish, G‘arb va Sharq tajribalarini umumlashtirish orqali ijodiy samaralarga erishayotgan hind, arab va turk adabiyoti, madaniyati namoyondalaridan o‘rnak olishga chaqirdilar va bu yo‘lda g‘ayrat-shijoat bilan amaliy ishga kirishdilar. Natijada ibrat bo‘larli hayratomuz ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi: g‘oyat qisqa fursat ichida o‘zbek adabiyotida yangilanish kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu hol rus mustamlakachilarini xushyorlikka, zulm kishanlarini qattiqroq bog‘lashga undadi.

Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik harakatining rahnamosi edi. Bu nom yuz yillar muqaddam turkiy dunyodagi eng mashhur nom edi. Uni qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilar edilar. U vafot etgan 1914- yilning 11-sentyabrida mashhur Narimonov yozadi: “Milliy Ismoilbek kabi qahramonlarni unutsa, o‘z hayotini barbod etajakdir”. Darhaqiqat, u tirikligidayoq millatning otasi, rahnamosi degan nomga sazovor bo‘ldi. Uning eng katta xizmati Rusiya sarhadida yashab turgach, lekin zamonaning zayli bilan bir-biridan uzoq tushgan (to‘g‘rirog‘i, uzoqlashtirilgan) va begonalashishdagi rejasiga yetgan turkiy xalqlarni bir-biriga tanitdi. Behbudiy so‘zlari bilan aytganda, “Rusiyadagi butun turk-tatar xalqlarini juda oz tarixiy muddatda xayri xushlik yo‘li bilan yaxlit bir milliy oilaga birlashtirmoqqa noyil bo‘ldi”.

Ismoil Gaspirinskiy Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan, maktab-maorifda chinakam inqilob yasagan, “usuli jadid” nomi bilan tarixga kirgan “usuli savtiya”ni boshlab berdi. XX asr Sharqining eng mashhur, eng taraqqiyparvar harakatchiligiga – jadidchilikka asos soldi. U barcha turkiy xalqlarni yaxlit, yagona millat deb bildi. Ularni ham ilm-ma’rifatda, xaq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgach millatlari bilan teng, baqamti ko‘rmoqni orzu qildi. Butun aqli vujudini mana shu muqaddas ishga millatning ravnaqi va muhofazasi yo‘liga sarf etdi. Bu zamonasining baland-pastidan xabardor, tarix va taqdirini teran anglagan, Sharqni ham, G‘arbni ham bab-baravar bilgan va ko‘rgan bir kishining aniq va rejasi hatti-harakati edi. Ammo bu harakatlarida shakkoklik va kofirparastlik deb baholandi. Dushmanlari esa siyosiy ayb qo‘ydilar. Turkiy qavmlarni Rusiya davlatiga qarshi birlashtirishda, yagona turk-tatar mamlakati tuzishda urinishida aybladilar. SHu tariqa Gaspirinskiy XX asrning 80-yillarida avlodlari qayta boshladi.

Ismoil Gaspirinskiy an’anaviy tahsilning zamondan orqada qolganini, shu tufayli musulmonlarimiz jahon taraqqiyotidan chetga surilib chiqayotganini ko‘rdi. Shu bois Malyutkin imperiyasidagi o‘qitish usulini, Sarbonnada ko‘rganlarini musulmon maktablariga ko‘chirmoqchi bo‘ldi. Har bir maktab, madrasa o‘z nizom dasturagi ega bo‘lmog‘i lozim. Diniy bilimlar qatorida dunyoviy fanlar ham keng o‘qitilishi kerak. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni shundaki, o‘qishni nazariy qilish shakllari, bilimni baholash mezonlari bo‘lishi lozim.

Ismoilbekning “Madaniyati islomiya” kitobida madaniyat hech qachon yolg‘iz bir millatga yoxud mamlakatga tegishli bo‘lib qolmaydi deb yozadi. Bir vaqtlar Yevropa undan bebahra qilgan edi, hozirda u Osiyodan o‘sib ketdi, deydi Gaspirinskiy. Zamonda Yevropa kiyim nimaligini bilmay, mol terisiga o‘ralib yurgan paytlarda Osiyo paxta-ipak matolarini tanlab qo‘yoyardi. Hozirda osiyolik ot-eshak, qayiq bilan o‘n kunda yuradigan yo‘lni Yevropa temir yo‘l yo paraxodda bir kunda bosib o‘tadi. Bu madaniyat darajasining samarasi. Uningcha:



  1. Islom madaniyati birgina arab madaniyatidan iborat emasligi haqidagi Yevropada tarqalgan fikrlarga qo‘shiladi. Chunki islom madaniyatini yolg‘iz arablar yaratmadilar. Unda turk, fors, hind va boshqa qabilalarning ham ulushi bor.

  2. Islom madaniyati antik va hozirgi Yevropa madaniyati bilan bog‘liqdir. Gaspirinskiy Yevropa madaniyati Misr-Yunon madaniyatining bevosita davomchisidir degan fikrlariga qarshi chiqadi. Uningcha Yunon madaniyatining oxiri ila Yevropa madaniyatining boshiga qadar kechgan ming yillik olam madaniyatisiz qolgan ekan. Yunon madaniyati Yevropadan oldin islom dunyosiga yoyilgan va musulmonlar uni taraqqiy qildirib, nuqsonlarini ozaytirib Yevropaga topshirdilar. Aristotel, Platon kabi o‘nlab mashhur yunon olimlari asarlarini Yevropaga tanitganlar musulmonlar bo‘ldilar.

“Qur’oni karim”da “ilm” so‘zi 756 joyda uchraydi. 20 dan ortiq o‘rinda tinchlikni muhofaza qilish ta’kidlanadi. Xalqning ma’rifatida, axloqida islom dinining o‘rni beqiyosdir. Gaspirinskiy o‘z maktabida bunga e’tibor berdi. Ma’rifatni til emas, bilim beradi. Shuningdek, Gaspirinskiy “Tarjimon” gazetasining 1908-yil 13-sonida bosilgan “Til va mas’uliyat” maqolasida “Millatning ikki asosi bor: til birligi, din birligi. Millatning o‘zligini yo‘qotish uchun shularning bittasini buzilishi kifoya” deydi. Shuningdek, rus-tuzem maktablarini ochish bilan, rus tilini o‘rgatish bilan kishi bilimli bo‘lib qolmaydi, bilgan dunyoviy bilimlarni kuchaytirish kerak deydi muallif.

1884-yilda Gaspirinskiy 12 bolani yangicha “usuli jadid” bilan o‘qitishga kirishadi. Va 40 kunda ularning burro savodini chiqaradi. Imtihon qilib, bolalarning ota-onalarini taklif qiladi. Hamma bir ovozdan bu usulning beqiyos imkoniyatlarini e’tirof etadi. Xullas, Ismoilbek 2 yilda eski maktabda 5 yilda oladigan tahlilni o‘rgatishga muvaffaq bo‘ladi. So‘ng ular uchun “Xo‘jai sibiyon” (“Bolalar muallimi”) nomli birinchi darslikni tuzadi. Darslik 4 qismdan iborat bo‘lib, uning 1-qismida “Alifbo”ga 27 dars ajratiladi. Qolgan qismlarda turli foydali maslahatlar va hikoyatlar berilgan. Ular orasida “Ikki ulug‘shoir” sarlavhasi ostida A.S.Pushkin va Alisher Navoiy haqida ma’lumotlar berilgan.

Gaspirinskiyning 1898-yilda bosilgan “Rahbari muallimi yoki muallimlarga yo‘ldosh” kitobida ushbu maktablarning “namunali plani”lagi “namunali dars jadvali”gacha berilgan. Chunonchi, maktabning panjarasidan kitob hujrasigacha, o‘quvchilarning ustki kiyimi boshlarini yechib kiritadigan bo‘lmagan muallim kursisining qaerda turishigacha chizib ko‘rsatilgan. 30 o‘quvchilik xonaning eni, bo‘yi, balandligi qancha bo‘lishigacha bor. “Xo‘jai Sibiyon” 1910 yilda nashr qilindi. Keyinchalik bu darslar ta’sirida Turkistonda ham darsliklar tuzildi. “Ustozi avval” (Saidrasul Aziziy, 1901), “Adibi avval” (Munavvarqori, 1907), “Birinchi muallim” (Abdulla Avloniy, 1910) kabilar maydonga keldi. “Ustozi avval” 1917 yilgacha 17 marta bosildi.

Chor hukumati o‘zining milliy siyosatida ingliz mustamlakachilarining Hindistonda olib borgan zo‘ravonlik siyosatidan o‘rnak olib, mahalliy aholini maorif va madaniyat sohasidagi intilishlarini to‘xtatib, rahna solib keldi. Turkistonga 1916-yildagi qo‘zg‘olondan keyin general-gubernator bo‘lib kelgan I.A.Kurapatkin o‘z kundaliklarida: “Biz yerli aholini 50 yil mobaynida taraqqiyotdan, maktabdan, rus hayotidan chetda tutib keldik” deya g‘urur bilan yozgan edi.

Rus kompozitorlari maktab-maorif sohasida “sonini o‘zidan chiqarish” iborasiga amal qilib rus-tuzem maktablariga mahalliy bolalarni qabul qilganlar. Turkistonda 1916 yilga kelib bunday maktablar soni 212 taga yetdi. Aksincha, o‘lkadagi eski maktablar iloji boricha qarovsiz holga keltirildi. Ular taqiqlandi, kamsitildi, kamaytirildi.

Akademik Qori Niyoziy o‘z esdaliklarida yozishicha, mashhur pedagog A.V.Yaxontov Marg‘ilon madrasalarini tekshirib, ularning og‘ir ahvoli to‘g‘risida Farg‘ona general-gubernatori Ivanovga (1901-1904- yillar general-gubernator bo‘lgan) axborot yozib beradi va bu holni zudlik bilan o‘nglash kerakligini aytadi. General-gubernator esa Yaxontovni huzuriga chorlab, uni qattiq koyiydi va olimning e’tiborini o‘lkada ahvol “shunday bo‘lishi lozimligiga, chunki bu imperator hazratlarining siyosatiga muvofiq ekanligiga” qaratadi. M.Muratov degan rus siyosatchisi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Musulmonlarimiz maorifi uchun asos qilib olish shart bo‘lgan birinchi bosh printsip ruslashtirish, ikkinchi printsip – islomni buzish” deya yo‘l-yo‘riq bergan.

Jadidlar o‘zlari ochgan maktablarda diniy bilim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni o‘qitishni ham yo‘lga qo‘ydilar, rus va boshqa chet tillarni o‘rganishga e’tibor berdilar. O‘zlari chet ellarga borishib, o‘qitish – o‘qishning yangicha usullarini o‘rganib keldilar, maktablar uchun kitoblar, qo‘llanmalar olib qaytdilar. Jadid pedagoglari o‘zlari darsliklar yaratib, nashr ettirdilar. Jadidlarning bunday hatti-harakatlari, albatta rus kompozitorlariga yoqmadi. Ular qadimlarga qarshi qayradilar. Qadimlar ularni kofirlar deb e’lon qildilar.

Jadidlar o‘zlari ochgan maktablarda faqat tez savod chiqarishini emas, ayni paytda keng ma’nodagi ma’rifatni, taraqqiyotni ham nazarda tutganlar. SHu ma’noda jadidchilik harakatining birgina ma’rifatparvarlik faoliyati bilan yaeklab qo‘yish mumkin emas. Binobarin, jadidlar maktab va madrasalarda isloh o‘tkazishdan asta-sekin oshkora ma’noda faoliyat ko‘rsatishga kirishdilar. Hayotni, turmushni yangilash buning uchun istibdod zanjirlaridan xolis bo‘lish masalasini ko‘tarib chiqa boshladilar. Zero mustaqil bo‘lmay turib hayotni yangilash, o‘zgartirish mumkin emas.

Jadid adabiyotida tom ma’nodagi nasr rivojlandi. XX asrning 10-yillarida qator hikoyalar yaratildi. Roman yaratishga urinishlar bo‘ldi. Hamza garchand talabga to‘la javob bermasa ham “Yangi saodat” nomli milliy romanni yaratdi. Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy kabilar qator hikoyalar yaratdilar. Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanlari yaratildi. Ularda milliy ruh tasviri o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushbu romanlar XX asr o‘zbek romanchiligi uchun poydevor vazifasini bajardi.


Download 472,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish