Rejalashtirilgan o‘quv natijalari:
Magistrlarda Xislat tarjimai holi, faoliyati, ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil va tadqiq etish qobiliyatini rivojlanishi; asarlaridagi badiiy mahorat qirralarini o‘rganish, bu borada tasavvur paydo qilish.
Ilmiy xulosalarga kelish malakalarini egallash.
Kirish:
Xislatning asl ism-sharifi Said Orifxo‘ja o‘g‘li Said Haybatulloqxo‘ja bo‘lib, 1880 yil 10 mayda Toshkentni Chorsu mavzeida tug‘ilgan. Xislat garchand mumtoz she’riyat an’analarini davom ettirgan shoirlar jumlasidan bo‘lsa ham, devon tuzmagan. Umuman devon tuzish an’anasini XX asrda u qadar rasm bo‘lmagan. Xislat yangi madaniy-tarixiy davr talabi bilan “Armug‘on Xislat” (1912) dan tashqari “Hedoyai Xislat” (1910), “Tuhfai Xislat” va “Sovg‘oti Xislat” (1914) bayozlarini tuzib, nashr etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |