NUTQDA BIR ASOSLI So‘ZLARDAN FOYDALANISH
Tildagi so‘zlar yangi paydo bo‘lgan so‘zlar hisobigagina emas, balki oldindan muomala-munosabatda mavjud bo‘lib kelgan so‘z asosida yangi leksemalarni hosil qilish yo‘li bilan ko‘payib boradi. Bitta asos vositasida bir nechta yangi so‘z yasalishi mumkin: suvli, sersuv, suvsizlik.
Bir asosli so‘zlarga asosdosh so‘zlar deyiladi.
Namunalar: tinch, tinim, tinimsiz, notinch, notinchlik; gulli, guldor, gulchi, gulchilik, sergul; shoxli, shoxdor, shoxsimon, sershox; obro‘li, obro‘siz, baobro‘, beobro‘ va h.k.
So‘Z YASALISHI
Tilning lug‘at tarkibi doimo o‘zgarishda, rivojlanishdadir.
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda paydo bo‘lgan yangi-yangi tushunchalarni nomlash ehtiyoji tufayli tilda yangi so‘zlar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |