«Lison ut-tayr» (Qush tili) asari haqida suhbatlashdik.
«Ma’rifat» gazetasi, «Saodat» jurnali, «Mening oppoq kabutarlarim» spektakli, «Sohibqiron» dramasi, «Amir Temur» portreti.
5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi.
«Uzdunrobita» qo‘shma korxonasi, «Kochxolding» konserni, «Kamolot» ijtimoiy harakati, «Istiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan» xalqaro jamg‘armasi, «O‘zbekavtotrans» Davlat aksionerlik korporatsiyasi, «O‘ZDEUavto» O‘zbekiston - Janubiy Koreya qo‘shma avtomobil zavodi, «Chorsu» mehmonxonasi.
6. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.) larning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi.
«Neksiya» rusumli yengil mashina, «Boing» samolyoti, «Otayo‘l» mikroavtobusi, «Rayhon» alkogolsiz ichimligi, «Kibo» oyoq kiyimi, «Hojimatov damlamasi».
7. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |