Nutq madaniyati uch xil hodisaning nomidir: - Madaniy nutqning, ya’ni nutqiy hodisaning nomi;
- Madaniy nutq tushunchasi bilan bog‘liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi (muammosini o‘rganish) ilmiy muammoning nomi;
- Nutq madaniyati muammosini o‘rganish bilan maxsus shug‘ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo‘limining nomi.
Nutq madaniyati adabiy til rivojining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri; - Nutq madaniyati adabiy til rivojining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri;
- Nutq madaniyati bu adabiy til me’yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo‘lgan faoliyat, ya’ni til rivojiga ongli aralashuvdir;
- Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahoratidir; (A.Gurachyov va boshq).
- Nutq madaniyati kishilarni o‘zaro to‘liq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir; (B.N.Golovin va boshq).
- Nutq madaniyati faqat to‘g‘ri nutqqina emas, o‘quvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir; (G.O.Vinokur).
- Nutq madaniyati til vositalaridan o‘rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so‘zlash va yoza olish san’atidir; (A.N.Efimov).
- Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir; (D.E.Rozental).
- Milliy, o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir. (M.Agofanova).
Xususiy me’yorlar quyidagicha ko‘rsatilgan: Dialektik me’yor. So‘zlashuv nutqi me’yori. Argolar, jargonlar me’yori. Adabiy til me’yori (adabiy me’yor). Adabiy til me’yorlari - Talaffuz me’yorlari (orfoepik). Til birliklarining og‘zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi. Ruscha so‘zlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva to‘g‘ri aytilishi Maskva) so‘zlarni o‘zbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yo‘l-jo‘l) talaffuz me’yorlarini egallashda orfoepik lug‘atlarning ahamiyati katta.
- Aksentologik (urg‘uning to‘g‘riligi) me’yorlar. Bunda so‘z va gaplarda urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash me’yori tushuniladi. Urg‘uni to‘g‘ri ishlatmaslik so‘z ma’nosiga ta’sir qiladi: olma-meva, olma-buyruq fe’li.
- Grammatik me’yor: Turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari hozirgi tilimizda tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatiladi. Ammo kelishik qo‘shimchalarini noto‘g‘ri qo‘llash uchraydi. Ba’zan –ning o‘rnida –ni, -lar o‘rnida –la ishlatiladi. Direktorni xonasida ko‘rdim. (direktorni o‘z xonasida ko‘rmoq). Direktorning xonasida ko‘rdim. (Boshqa birovni direktor xonasida ko‘rmoq).
- So‘z yasalish me’yorlari: So‘z yasovchi qo‘shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so‘z yasalish me’yori hisoblanadi. Ba’zan nuqtda sifat yasovchi -li va ot yasovchi -lik qo‘shimchalari farqlanmay ishlatiladi. Paxtali chopon o‘rnida paxtalik chopon.
- Imloviy me’yorlar (orfografik).Hozirgi o‘zbek adabiy tilining me’yorlari 1956-yil “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” ga tayanadi. 72 paragrafdan iborat. 1995-yil yangi lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilindi.
- Lotin alifbosiga asoslangan yozuvda ham yangi orfografik qoidalar yaratildi. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Demak, imloviy me’yor so‘zlarning to‘g‘ri, xatosiz yozilishiga asoslanadi.
- Grafik (yozuv) me’yorlari: Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bo‘lib, 26 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat.
- Punktuatsion me’yorlar: Bu me’yor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi (nuqta, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, so‘roq belgisi, ko‘p nuqta, qo‘shtirnoq, qavs)
- Uslubiy me’yor: Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng ma’qulini qo‘llash adabiy tilning uslubiy me’yori hisoblanadi. Sinonimlardan noto‘g‘ri foydalanish, so‘z takror ayrim eskirgan so‘zlarni qo‘llash nutqni uslubiy jihatdan buzadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |