O`zb tarix 11 узб indd


Ilm-fandagi tub islohotlar



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Ilm-fandagi tub islohotlar
. 2016– 
2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom 
ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-de-
kabr kuni ilk bor mamlakatimizning 
yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan 
uchrashdi. Uchrashuv natijalariga 
ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor 
yanada kuchayishi belgilandi. Prezi-
dentning  2017-yil  17-fevraldagi  «Fanlar  akademiyasi  faoliyati,  ilmiy-
tadqiqot  ishlarini  tashkil  etish,  boshqarish  va  moliyalashtirishni  yanada 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  qarori  asosida  9  ta  ilmiy-
tadqiqot  muassasasi  Fanlar  akademiyasi  tarkibiga  qaytarildi,  qator  ilmiy 
tashkilotlar  qayta  tashkil  etildi,  Fanlar  akademiyasining  fan  yo‘nalishlari 
Ilm-fan xodimlari bilan uchrashuv.


84
bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivoj-
lanish  vazirligini  tashkil  etish  to‘g‘risida»  qarori  bilan  O‘zbekiston 
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazir-
likning  davlat  va  jamiyat  qurilishiga,  iqtisodiyot  tarmoqlariga,  qishloq 
xo‘jaligiga,  ijtimoiy  rivojlanishga,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va 
tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish hamda ilg‘or 
texnologiyalar  joriy  etilishini  tashabbus  qilish,  muvofiqlashtirish  va 
rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi. 
Fanlar  akademiyasi  haqiqiy  a’zoligiga  oxirgi  saylovlar  1995-yilda 
o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki 
martadan  ko‘proqqa  qisqardi  va  2017-yilga  kelib  akademiyaning 
atigi  63  nafar  haqiqiy  a’zosi  qolgan  edi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining  haqiqiy  a’zolarini  tasdiqlash  to‘g‘risida»gi  tarixiy 
farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 
nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. 
Bugungi  kunda  ilmiy  tadqiqot  bilan  shug‘ullanuvchi  400  ta  muassasa 
ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 
mingdan  ortiq  fan  doktori  va  9  mingdan  ortiq  fan  nomzodi  faoliyat  olib 
bormoqda.
Mulohaza qiling
!
Bugungi kunda tarix fani sohasida 4 ta akademik – Ahmadali Asqarov, 
Edvard  Rtveladze, Anatoliy  Sagdullayev  va  Dilorom Yusupova  faoliyat 
olib bormoqda.
 

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish