O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari
.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib,
Yevroosiyo hududining 61% ni egallaydi. ShHTning rasmiy tili rus va xitoy
Yodda tuting
!
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillikning
dastlabki vaqtlaridanoq, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik,
turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o‘rtasidagi ana shu
qadimiy aloqalarni yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib,
“Turkiston – umumiy uyimiz” degan g‘oyani ilgari surgan edi.
139
ShHT gerbi.
tili, ramzi esa oq bayroq bo‘lib, uning markazida
tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning
shtab – kvartirasi Pekinda joylashgan. 1996-
yil Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining
sammitida chegara hududlari bo‘yicha harbiy
sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash
bilan bog‘liq shartnoma (1996-yil 26-aprel)
imzolanishi natijasida «Shanxay beshligi»
vujudga kelgan edi. 1997–1999-yillarda Mos-
kva, Almati, Bishkekda bo‘lib o‘tgan
sammitlarda «Shanxay beshligi»ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro
ishonch va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. 2000-yil
Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida
ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok
etib, O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi
to‘g‘risida»gi Bayonotni imzoladi. O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga
kirishi munosabati bilan uning nomi «Shanxay Hamkorlik Tashkiloti –
ShHT», deb o‘zgartirildi. Sammit yakunida «ShHTni tuzish to‘g‘risida»gi
deklaratsiya hamda «Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi
kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi» imzolandi. 2002-yil ShHTga a’zo
mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi Sankt – Peterburg sammitida uchta
hujjat: ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi, ShHT Xartiyasi,
ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT)
haqidagi Bitim imzolangan. 2003-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda
ShHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi,
bayrog‘i qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida «ShHTga
a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo – iqtisodiy hamkorlik
dasturi» qabul qilindi. 2004-yil ShHTning Toshkent sammitida savdo –
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi.
2005-yil mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati Hindiston,
Eron va Pokistonga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul
qilindi. Tashkilot geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro
mavqeyini yanada yuksaltirdi. Bundan tashqari Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston
140
ShHT xaritasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |