To‘rtinchi bosqich
– 2016-yildan boshlandi. Prezident Shavkat Mir-
ziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivoj-
lanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga
va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofi q, tadbirkorlikni yanada
jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018-yil tasdiqlangan «Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash
yili – davlat dasturi»da tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliya-
tini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |