Olimpiada. 1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining
101-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi
Yodda tuting!
yilda Osiyo Olimpiya kengashining Quvaytda o‘tgan XXII Bosh
assambleyasida o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi.
Kurash bo‘yicha xalqaro turnir.
87
to‘la- to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport va olimpiya harakatining
rivoj-lanishiga yordam bermoqda. U O‘zbekistonda olimpiya g‘oyalarini
targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida respublika vakillari ishtirokini
ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish va
rivojlantirish vazifalari bilan shug‘ullanmoqda.
1996-yil yanvarda Xalqaro Olim-
piya Qo‘mitasining qaroriga muvofiq,
jahon sportini rivojlantirishdagi xiz-
matlari va olimpiya g‘oyalariga sado-
qati uchun O‘zbekiston Respublika-
sining Birinchi Prezidenti I.Karimov
Olimpiya Oltin ordeni bilan muko-
fotlandi.
Toshkentda 1996-yil avgustda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tash- kil etildi. 2000-2016-yillar oralig‘idagi yozgi Olimpiya va Osiyo o‘yin- larida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi. A.Tay- mazov, M.Ibragimov (erkin kurash), A.Doktorashvili (yunon-rum kurashi), R.Sobirov (dzyudo), O‘.Haydarov, A.Atoyev, B.Sultonov (boks), A. Fokin (sport gimnastikasi), Yekaterina Xilko (tramplin) kabi sportchilarimiz mamlakatimiz sporti shuhratining xalqaro maydonda yanada oshishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Xususan, erkin kurashchi Artur Taymazov bir necha karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan yagona sportchi bo‘ldi.
2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi. Ushbu Olimpiadada eng ko‘p medalni bokschilarimiz qo‘lga kiritishdi. Charm qo‘lqop ustalarimizning 7 nafari Riodan medal bilan qaytishga muvaffaq bo‘ldilar. Ular: Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oyibnazarov (oltin), Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev (kumush), Rustam To‘laganov (bronza), Murodjon Ahmadaliyev (bronza). Ushbu natija Olimpiadadagi boks musobaqalaridagi eng yuqori natijadir. Sportning ushbu turida medal jamg‘arish bo‘yicha ular Kuba, Qozog‘iston va Rossiyadan tashrif buyurgan raqiblarini ortda qoldirib, mazkur sport turida birinchilikka erishdilar. Og‘ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov Olimpiada rekordini qayd etgan holda, oltin medal sohibiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |