Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi. Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va soha boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi (1992-yil), «O‘zbekiston avtomobil transporti» («O‘zav- totrans») davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil, 1998-yildan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi), «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradi- gan avtomobil yo‘llarini qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga mos- lashtirish rejalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1996-yildan Toshkent- Andijon-O‘sh magistralining 100 km dan ortiq tog‘li uchastkalarida qurilish
38
ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonnellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz va Samarqand-Buxoro-Ashxabod Turkmanboshi avtomobil yo‘li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog‘- laydigan avtomobil yo‘li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo‘lagi bir qismi)ning respublika hududidan o‘tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘zbekistonni Qozog‘iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘laydigan 340 kilometrli Qo‘ng‘irot-Beynov avtomobil yo‘li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha 1994-2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy- Uchquduq-Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi.
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, kommunikatsiyalarni jadal rivoj- lantirish, transportda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida 2004-yilda «O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi» tashkil etildi. Uyushma tarki- biga «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zbe- kiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasi, transport kom- munikatsiyalarini qurilishi bilan shug‘ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
Bu davrda «O‘zbekiston havo yo‘llari» belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishda o‘ziga xos omil bo‘ldi.
Temir yo‘llar qurilishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. 2001-yilda 341 km bo‘lgan Navoiy-Uchquduq-Sultonzoda yo‘nalishi, 2007-yilda uzunligi 220 km bo‘lgan G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi qurilishi tamomlangan. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo- sotiq, tranzit aloqalarining rivojlanishi va O‘zbekistonni dengiz tran- sportiga olib chiqadigan eng yaqin yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tishini hisobga olgan holda bir qator yangi temir yo‘l qurish loyihalari ishlab chiqildi. 2010-yil O‘zbekiston Afg‘oniston uchun strategik ahamiyatga
39
Toshkent
Urgench
Andijon
Navoiy
Buxoro
Olat
’—V .
Qarshi
Nukus
Samarqand
Termiz
i
O‘zbekiston temir yo‘llari xaritasi.
ega bo‘lgan loyihani amalga oshirdi, ya’ni Hayraton-Mozori Sharif temir
yo‘lining 75 kilometrini qurib berdi. Bu kabi tranzit loyihalarining amalga
oshirilishi O‘zbekiston tashqi savdo geografiyasining kengayishiga asos