Savol va topshiriqlar:
O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan strategik sherikchilik to‘g‘risida shart- noma imzolagan?
O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasida qanday shartnomalar imzolangan?
124
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yilda Ros- siya, Xitoy va AQSHdagi tashriflarining ahamiyati haqida gapiring.
Rossiya, Xitoy va AQSH davlat rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi hamda O‘zbekiston Prezidentlarining yuqorida nomlari keltirilgan dav- latlarga tashrifi bo‘yicha jadvalni to‘ldiring.
Tashrif manzili
|
Shaxs
|
Yili
|
Natijasi
|
|
|
|
|
mavzu. O‘zbekistonning Yaponiya, Koreya Respublikasi va Hindiston bilan ikkitomonlama aloqalarining rivojlanishi
O‘zbekiston - Yaponiya. O‘zbekis-ton o‘zining sharqiy yo‘nalishdagi
tashqi siyosatida Osiyo qit’asining Yaponiya, Hindiston va Koreya Res-
publikasi kabi mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar va manfaatli
hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e’tibor berdi.
1992-yil yanvarda o‘matilgan dip-
lomatik munosabatlar, 1994-yil may,
2002-yil iyul va 2011-yil fevralda
Yaponiyada hamda 2006-yil
avgustda O‘zbekistonda bo‘lib
o‘tgan davlat rahbarlari o‘rtasidagi
oliy darajadagi uchrashuvlar ikki
mamlakat o‘rtasidagi manfaatli va
do‘stona aloqalarga yangicha ma’no-
mazmun bag‘ishladi. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiyaga tashrifi doirasida Bosh
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va
Islom Karimov.
Islom Karimovning 2002-yilda
vazir Jun’itiro Koidzumi bilan
uchrashuvida o‘zaro do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi
qo‘shma bayonot imzolandi. Ushbu bayonot tomonlarning hozirgi zamon
xalqaro munosabatlardagi ko‘plab muammolar bo‘yicha qarashlari va
munosabatlari o‘xshashligi, shuningdek, ularning ikki mamlakat ko‘p qirrali
hamkorligini yanada kengaytirishga intilishlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat
bo‘lib qoldi. 2004-yilda Tokiodagi Soka universiteti hududida buyuk o‘zbek
mutafakkiri Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi.
125
O‘zbekiston Prezidentining 2011-yil fevralda Yaponiyaga qilgan
navbatdagi rasmiy tashrifi davomida yuqori texnologiyalar sohasida
ixtisos-lashgan yirik kompaniyalar bilan yapon texnologiyalari
va investitsiyalarini O‘zbekistonning neftgaz, kimyo, energetika,
mashinasozlik va to‘qimachilik sanoati kabi tez rivojlanayotgan
sohalariga jalb etishga qaratilgan qator bitimlar tuzishga erishildi.
2015-yil oktabrda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening
O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Yaponiya umumiy
qiymati 8,5 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qiladigan qo‘shma
loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |