Turkiya Respublikasida Davlat madhiyasini yozgan shoirga nisbatan “Milliy shoir” maqomi berilgan. Madhiya matni muallifiga bunday nom berilishi nima bilan bog‘liq? Mulohaza bildiring!
Atamalar izohi:
Sessiya - (lot.sessio — majlis, yig‘ilish) Ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri.
Deputat - (lot.deputatus — vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil.
10
Savol va topshiriqlar: Mustaqillikni tezlashtirgan omillar nimalarda namoyon bo‘ldi?
Daftaringizga 1991-yil avgust oyida sodir bo‘lgan va O‘zbekiston mustaqilligiga olib kelgan 3 ta muhim voqeani yozing va izohlang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish jarayoni qancha muddat davom etdi. Olgan bilimlaringizga tayanib, uning yaratilishini bosqichlarga bo‘lib davrlashtiring.
«Mustaqillik deklaratsiyasi» va «O‘zbekiston Respublikasining musta- qillik asoslari to‘g‘risida»gi qonunni topib, ikkita jadvalda bir xil mazmunli me’yorlar va farqli tomonlarni yozing.
Hujjat nomi
Bir xil me’yorlar
Faqat
Deklaratsiyada mavjud moddalar
Faqat qonunda mavjud moddalar
«Mustaqillik Deklaratsiyasi»
«O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik asoslari to‘g‘risida»gi qonun
Islom Karimovning O‘zbekiston rahbari sifatidagi dastlabki siyosiy qadamlarining tarixiy ahamiyati nimada?
2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligining
shakllanishi va rivojlanishi
Prezidentlik institutining shakllanishi. O‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali
tizimi - Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi.
Yodda tuting!
Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida
Prezident lavozimi ta’sis etilgan. yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik instituti-
ning vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida
mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va
boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston
SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini
11
yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab
qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, pre-
zidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Soveti-
ning ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yubo-
rildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar
Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining va O‘zbekiston
Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi.
Mazkur qonun mamlakatimizda davlat bosh-qaruv shakli - prezidentlik respublikasiga asosla-nishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Shu asosda, 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi.
Oliy lavozimga ikki nomzod - O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3% esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq refe- rendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-de- kabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga
1991-y. Prezidentlikka
nomzodlar.
12
saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi.
yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va «O‘zbekis- ton Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi qonunga muvofiq, muqobil-lik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.