Asteniya (yunoncha astenia - holsizlik
) – kishining jismoniy va psixik
kuchsizligi ojizligidan iborat nuqson.
Senzitivlik (lotincha sensus - hissiyot
) – turli ta’sirlarga nisbatan
sezgilarning tez va kuchli qo`zg`alishi.
Psixoasteniya (yunoncha psycte – jon, asteneia – ojizlik, kuchsizlik) -
haddan tashqari qat’iyatsizlik, o`ziga ishonmaslik, badgumonlik, ruhan ezilganlik
va muttasil fikirlarga beriluvchanlik va hakozalar bilan sifatlanadigan
psixopatologik holat.
Shizofreniya (yunoncha schizo bo`lmoq, maydalamoq, phren aql)
– aql
hissiyot va irodaning pasayishidan iborat, aniq sabablari hali aniqlanmagan psixik
kasallik.
Epilepsiya (yunoncha epilpsia - hujum qilaman) –
davriy ravishda
takrorlanadigan tutqanoqlanib hushsizlanish yoki qisqa muddatli psixik buzilish;
ongning qorong`ilashishi bilan xarakterlanadigan nerv – psixik kasallik.
Do'stlaringiz bilan baham: |