Savdo psixologiyasi
- jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo`lib, tijorat
ta’sirining psixologik negizlari, ob’ektiv shart-sharoitlarini, ehtiyojning
individual, yoshga, jinsiga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat
ko`rsatishning psixologik omillariii aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi
savdo-tijorat reklamalari va shu bilan birga sotuvchi-xaridor munosabati,
kishilarga ta’sir o`tkazish, ularda iliq his-tuyg`u, ishonch uyg`onish mexanizmlari,
mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira
bilish, kabi masalalarni tadqiq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |