I BOB. XURSHID DO'STMUHAMMAD HIKOYANAVISLIGIDA
PSIXOLOGIZM MUAMMOSI
1.1. Hikoyalarda ramziy obraz yetkchi unsur sifatida
"Modern" istilohi 110 yildan beri o'z ahamiyatiga ega bo'lib kelmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda modern yo'nalishida ijod qilayotgan adabiyot
ixlosmandlari hsam talaygina. Ularga qarshi fikr bildiruvchilar ham oz emas. Hatto
eng kichik asarlar sarasida turuvchi hikoya janri misolida ham buni ko'rishimiz
mumkin.
”Badiiy asar - insoniyat tarixining qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni birinchi
galda inson sifatidagi o'y-fikrlari bilan yoritishi lozim."
1
Jumladan, hikoya -
o'quvchini qahramonga ruhan yaqinlashtiradigan janr sanaladi. Hikoya yaratishda
hech qachon hajm ahamiyatli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |