O'zaroalmashinishning shartlaridan yana biri detallar, uzellar, qismlar va zahiralar geometrik pararnetrlarining o'ta aniq bo'lishidir.
O'zaroalmashinuvchi bo'lib, tizimning yoki ob'yektning to'liq olingan holati ham bo'lishi mumkin. Albatta bunday paytda o'zaroalmashinadigan detallar chidamli, ishga yaroqli, o'zaro ta'sirda yemrilmaydigan, aniq o'lchamli va h.o. bo'lishi lozim. Bu holat, albatta zahira qismlarga ham tegishlidir.
Mutaxassislarning fikricha, ishlab chiqishni rivojlantirishdagi eng yaxshi variantlardan biri, to'liq o'zaroalmashinishni amalga oshirish ekan. Chunki, bu hollarda jarayon soddalashar, detallarni yig'ish uchun yuqori malaka talab qilinmas ekan. Bunday hollarda bajariladigan ishni normalash, uni xarajatini hisoblab borish, ishni to'liq riazorat ostiga olish, ishni ritmini o'matish, ishni patok holatiga o'tkazish, jarayonni avtomatlashtirish va ta'mirlash jarayonini soddalashtirish mumkin ekan, chunki har bir detal, uzel va h.o.lar almashtirilayotgan vaqtida yangisiga almashtirilar ekan.
Ishlab chiqarishning qanchalik o'zaroalmashinuvchanlikka erishganini uning o'zaroalmashirish koeffitsiyenti Kv bilan aniqlanadi. U O'zaroalmashinuvchi detallar mehnat jarayoni hajmini, mahsulotdagi bardie detallarni o'zaroalmashtirgandagi mehnat hajmiga nisbati bilan ifodalanadi. Bu koeffitsiyentning qiymati har xil bo'lishi mumkin, ammo uning birga yaqinlashish darajasi ishlab chiqarish korxonasi texnikasi darajasini belgilar ekan.
O'zaroalmashtirishning yana bir ko'rsatgichi uni aralashuvchanlik qobiliyati bo'lib hisoblanadi. Aralashuvchanlik — bu ob'yektlarning murakkab mahsulotlar ichida joylashib, o'z fuktsiyasini bajaribgina qolmasdan jarayonni buzilishiga yo'l qo'ymaslik bilan ifodalanadi. Ob'yekt — bu avtonom blok bo'lib, priborlar yoki murakkab mahsulotga kiruvchi boshqa obektlardir.
Shunday qilib, yig'ish xossasi va teng baholi almashtirishrii bajarish, xohlagan bir tipli detallarni ikkinchi bir boshqa shu tipliga almashtira olish qobiliyati, bir korxonanirig ishlab chiqarish tsexida detallarni tayyorlab, boshqa birida yig'ish arnalini bajarish imkoniyatini beradi, qolaversa ko'p sonli va ko'p nusxali mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga olib keladi. Albatta yig'uv vaqtida standart briktiruvchi detallar, tebranish podshipniklari, elektrotexnik, charm va plastmassa mahsulotlari ishlatilishi lozim. Agar shunday o’zaroalmashtirish amalga oshirilsa, detallar va zahira qismlar qo'shimcha ishlovsiz ishlatila olinsa, bu ishlab chiqarish korxonasi o'zaroalmashinuvchan deyiladi.
Mashinasozlikda detallarga ishlov berish jarayonida e'tiborga olinishi lozim bo'lgan ma'lumotlar tegishli ayrim korsatgichlar 2 —ilovadagi ilovadagi 1 —: — 8 jadvallarda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |