hunar egallashi, xayrli ishlarga sarf qilmogʻiga daʼvat etgan boʻlsa, jadid adabiyotining yetuk
vakili Choʻlpon “...ilgari vaqtlarda bundogʻ behuda isroflik toʻylar ham boʻlmas...” deya “Sadoyi
Fargʻona” gazetasida ommani ortiqcha mol-mulkini millat ravnaqi yoʻlida sarflashga chaqirgan
edi.
Mana shu daʼvatlar samarasi oʻlaroq, Turkiston musulmonlarining syezdida “Shoʻroi Islomiya”
tashkilotining toʻy va maʼrakalarni tartibga solish toʻgʻrisidagi qarori muhokamaga qoʻyiladi va bu qaror
1917-yil 27-aprel kuni “Najot” gazetasida eʼlon qilinadi.
Unda, jumladan, quyidagilar bayon etiladi:
Birinchi: janoza kuni imom va ulamolarga yirtish va choponlar ulashmoq, qarindosh-urugʻlarga qora
kiyimlardek nimarsalar bermoq, yuvguvchi va otinlarga ijro xizmatlaridan ziyoda har xil kiyimlar bermoq,
otunlar kelib tovush chiqarib oʻqumoq, sadr qilmoq, ... kabi odatlarning taqiqlanishi.
Ikkinchi: qiz toʻylarida sovchigarchilik, fatir, kichik toʻy, qozon qaytarish, katta toʻy, bazm isroflari va yuz
koʻrar, hayitlarda mol yoyib kelin koʻrmoq, qiz oshi bermoq va nikoh kunlarida ilonchilar oʻynatmoq, yor-
yor aytmoq, xotunlarning har biriga alohida non va oshlar tortmoq, toʻqqiz-toʻqqiz, sanduqlarda chiqib
ketaturgʻon koʻrfa (koʻrpa) va fok (pok) koʻrpalardek foydasiz mollar, koʻchalardin siyocha koʻtarib yoki
aroba va toʻylarga gʻalla va boshqa xil narsalar ortub, toʻy yubormoq, qiz olardagi qalin olmoq va shunga
oʻxshash isrofot va bidʼatlar bilkulliya mamnuʼligi...
Uchinchi: oʻgʻil toʻyida atrofdagi mahallalardan odamlar chaqirib, osh bermoq, uloq bermoq, xotun osh
bermoq, xatna qilinadurgʻon bolalarga koʻcha ba koʻcha sargardon qilub oqcha yigʻmoq va shularga
oʻxshagan isroflar bilkulliya mamnuʼligi.
“Shoʻroyi islom” qarornomasi shunday yakunlanadi: “Ushbu tartibgʻa muxolifat qilgʻon kishilarning
maʼraka va toʻylari toʻxtamli va aybnoma (protokol) yozub, qozilargʻa topshurmoq va shahar
boshluqlarigʻa havola qilinadi. Bunday kishilargʻa ittifoqi musliminni bu kim omilini va sharʼan harom
boʻlgʻon isrofgarchiligʻini belgi uchun muhtaram qozilar shariatgʻa muvofiq qattigʻ jazogʻa mustahiq
qiladurlar. Muhtaram mahalla imomlari va mahalla komitetlaridan iltimos qiladurki, ushbu eʼlonnomani
xalqqa tushuntirib, xalqni ushbu tartibdan chiqmasligiga targʻib va tashviq qilsalar edi. Chunki janobi Haq
taʼoliy isrof qilgʻuvchilarni suymas”.
Koʻrinadiki, bundan 100-yil oldin ham hukumat toʻy-maʼraka va boshqa oilaviy tadbirlarning ikir-
chikirigacha meʼyorni belgilab berishga majbur boʻlgan. Demak, yaqinda Oliy Majlis palatalari tomonidan
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bagʻishlangan tadbirlarni
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning qabul qilinishi zaruriy choradir.
Kim kafolat beradi?
7/6/2020
O‘zA - Toʻy baxtli kunlarimiz asosi boʻlsin, aslo gʻurbatimiz emas...
uza.uz/uz/society/to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g-urbatimiz-emas--18-09-2019?ELEMENT_CODE=to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g… 3/6
Xalq oʻz urf-odatlari, tili, dini, tarixini oʻzi yaratadi. Milliy urf-odatlar yillar davomida taraqqiy etib,
zamonaviylashib boradi. Aks holda u eskilik sarqitiga aylanadi va umuman unutiladi. Bugun hayot
surʼatlari misli koʻrilmagan darajada oʻzgardi. Turmush tarzimiz, kiyinishimiz, shaharlarimiz,
dunyoqarashimiz keskin taraqqiy etdi. Davr oʻtishi bilan hatto ona tilimiz sayqallanib, silliqlanib borishi
haqiqat. Agar toʻylarimiz shu zaylda murakkablashib, ogʻirlashib boraversa, uning odamlarni
bezdirmasligi, ortiqcha sarflarga bardosh berolmay, nikohsiz, toʻysiz oila qurish holatlari (bu allaqachon
kuzatilyapti) kuchayib ketmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Bir yaqin qarindoshingnikiga toʻyga borib koʻnglini olay desang, hech boʻlmaganda ikki-uch kunlik
ishingdan, tirikchiligingdan qolishingga toʻgʻri keladi. Qizgʻin ish jarayoni boʻladigan tashkilot, korxonada
ishlaydiganlar kamida “odamgarchiligi yoʻq”qa chiqadi. Xalq ogʻzaki ijodidagi “qirq kechayu qirq kunduz
toʻy berib” degan jumlalar ertaklarda uchraydi, ertakdagi hamma narsani qabul qilish ongli mavjudotga
xos emas. Zero, har bir inson jamiyatda yashaydi, shunday ekan, jamiyat qoidalari bilan, jamoatchilik
bilan hisoblashmaslikka hech kimning haqqi yoʻq.
Maqsad ehsonmi yo shuhrat...
Toʻyni hech kim, hech zamonda taqiqlamagan. Zotan, musulmonchilikda nikoh asosida oila qurish, xatna
qilishdek muborak sunnat amallar bajarilganda dasturxon yozish ehsonning bir shakli sifatida qadrlanadi.
Toʻy – ehsonning bir shakli. Ehson esa pinhona qilinganda Allohga koʻproq manzur boʻlishi aytiladi
manbalarda. Shunday zotlar borki, ularning xayrli ishlarini faqat Alloh va oʻzlarigina bilganlar. Biz bergan
toʻylarimiz nari borsa oʻzimiz olamdan oʻtganimizgacha eslanadi.
Xondamirning “Makorimul axloq” asarida keltirilishicha, hijriy 906-yil boshlarida (1500-yil) Hirot shahri va
uning atrofidagi aholidan zarur xarajat uchun 100 ming dinor kepakiy undirish haqida hukumat
tomonidan farmon keladi. Ushbu mablagʻning 50 ming dinori bulukot dehqonlari va moldorlaridan
undirilib, qolgan qismini xonadon boshiga sochish yoʻli bilan Hirot ichida istiqomat qiluvchilardan yigʻish
rejalashtiriladi va bu reja hazrat Alisher Navoiyga yetkaziladi. Buyuk amir: “Bu fursatda xalq ustiga
oʻrinsiz soliq solishni oliy darajali sohibqiron davlatiga munosib koʻrmaymiz”, deydi va shu vaqtning
oʻzidayoq zarur mablagʻni shaxsiy hisobidan qoplab yuboradi. Xalqning cheksiz rahmati hamda duosiga
sazovor boʻladi. Mana, insonning xalq qalbida barhayot yashab qolishiga nimalar sabab boʻladi. Alisher
Navoiy faqat oʻlmas ijodi bilangina emas, saxovatpeshaligi, qurdirgan yoʻllari, koʻpriklari, xonaqoyu
masjidlari, madrasalari, shifoxonayu dorixonalari, hammomlari bilan ham oʻziga abadiy haykal qoʻygan.
Buyuk adibning “Mahbub ul qulub” asarida keltirilishicha: “Isrof qilish – saxiylik emas, oʻrinsiz sovurishni
aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar, Kimki xalqqa koʻrsatib ehson
bersa, u pastkash. Tilagandan soʻng berish ham saxovatdan yiroq”. Navoiy nazdida soʻramaguncha
bermaydigan, birovdan olib, nopok yoʻllar bilan davlat topib, ehson qiladigan, muhtojligiga emas,
7/6/2020
O‘zA - Toʻy baxtli kunlarimiz asosi boʻlsin, aslo gʻurbatimiz emas...
uza.uz/uz/society/to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g-urbatimiz-emas--18-09-2019?ELEMENT_CODE=to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g… 4/6
martabasiga qarab muomala qiladigan (bundaylar kunduzi quyoshga yordam beraman deb sham
yoqadigan kimsalarga oʻxshatiladi) odam saxiy emas.
Bugun ham maktablar qurishga, koʻchalarni obod qilishga, kasalmand kishilarni davolashga,
kimlarningdir taʼlim olishiga katta-katta mablagʻ ajratib saxovat koʻrsatib, oʻz ortiqcha daromadlarini xayrli
ishlarga sarflayotgan haqiqiy islomiy, moʻmin, davlatmand yurtdoshlarimiz kam emas.
Yelkadagi togʻ yoxud toʻy – toʻyga oʻxshasin
Millatlar faqat tili, dini, kiyinishi bilan emas, balki turmush tarzi, toʻylari bilan ham farqlanadi. “Ommaviy
madaniyat” degan balo milliy madaniyat ufurib turadigan oʻzbekona toʻy tasviriga ham oʻzining haddan
tashqari ochiq kelinlik liboslari, musiqalari, “love story” kabi dinimiz, turmush tarzimiz, milliy
mentalitetimizga zid detallari bilan suqilib kirdi, toʻylarimizdagi milliy ruh yoʻqolish arafasiga kelib qoldi.
Nazarimizda, bugun toʻylarni tashkil etish bilan bogʻliq muvozanat ancha izdan chiqqandek. Hozir nikoh
toʻylarida kuyov xonadoniga emas, kelin tomonga kuyovga sarpo qilish, uning uyini jihozlash, kunda
keladigan sovchilarni ziyofat qilib, bosh-oyoq sarpo bilan kuzatish majburiyatlari tushmoqda. Toʻy
sarpolari bilan bogʻliq turli mashmashalar kuyovning kelinga bergan toʻy sovgʻalari bilan emas, aksariyat
hollarda kelinning kuyov va uning qarindosh-urugʻiga qilgan sarpolari, sepidagi kamchilik bilan bogʻliq
boʻlib qolmoqda. Bugun katta qarz evaziga qizini kam qilmay turmushga uzatib, keyin olgan qarzlari foizi
oshib ketgach toʻlay olmay, eru xotin, qudalar oʻrtasida janjal chiqib, 15-25 yillab turmush qurgan oilalar
buzilib ketayotgani gʻoyat tashvishlanarli. Shuningdek, yosh oilalar oʻrtasidagi ajrimlar soni yildan-yilga
ortayotgani ham hech kimga sir emas. Bu turdagi ajrimlarning 90 foizdan ortigʻi aynan toʻylar, qudalar
oʻrtasidagi sarpo talashishlar tufayli yuzaga kelmoqda.
Qolaversa, “kam boʻlmay” qabilida toʻy qilish uchun xorijiy yurtlarga mablagʻ toʻplayman deb ketib,
nogiron, kasalmand boʻlib qaytayotganlar, hatto shu toʻyga yetolmay olamdan oʻtayotganlar yoʻqmi?!
Xalqimizda “Toʻylar qilib, yelkangdan togʻ tushsin”, “Haloldan topganing toʻylarga buyursin” kabi
olqishning ommalashgan shakllari mavjud. Demak, toʻy – “yelkadagi togʻ”, toʻydan soʻng chindan ham
shu togʻ qulasin, xalqning yaxshi kuni ramzi boʻlgan toʻy – toʻyga oʻxshasin. U ortida koʻngilsizlik yotgan
mudhish kunni eslatmasin. Har bir oila tarixida har qanday toʻy oltin harflar bilan bitilsin. Orzu-havasni
dabdaba, hashamatda, deb bilgan har bir inson bir haqiqatni anglab yetsin: halol mehnat evaziga
topilgan pul bunday oson sovurilmaydi. Oqil, iymoni butun odam mablagʻini oʻrinli sarflashni biladi.
Toʻy shaxsiy ish emas...
Toʻy shaxsiy ish emas, u mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega masala. Koʻpdan
kam boʻlmay qabilida oʻtkazilgan hashamatli toʻyning oqibatlari tufayli koʻngilsizlik kelib chiqsa, bu faqat
7/6/2020
O‘zA - Toʻy baxtli kunlarimiz asosi boʻlsin, aslo gʻurbatimiz emas...
uza.uz/uz/society/to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g-urbatimiz-emas--18-09-2019?ELEMENT_CODE=to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g… 5/6
shu oilaning musibati boʻlib qolmaydi. Oila – jamiyatning bir boʻgʻini. Uning tanazzuli jamiyat, millat
tanazzuli demak.
Azaldan, kelin – birovning jondan aziz farzandi – kuyov tomondan sovchi vositasida soʻralgan. Kelin
tomon maʼqul koʻrsa, kelin uchun davr mutasaddilari tomonidan belgilangan mahr (baʼzan qalin puli, sut
puli, koʻrmana kabi nomlar bilan yuritiladi), kiyim-kechak, taqinchoqlar, ota-onasiga sovgʻa-salom,
yaqinlariga ziyofat berib toʻy oʻtkazilgan. Mana, bizning urf-odatlarimiz. Bugungi toʻylar shuhratparastlik,
manmanlik, kibr, oʻz-oʻzini koʻz-koʻz qilish vositasiga aylanib qolmayaptimi?! Modomiki, toʻy milliy
madaniyatimiz, maʼnaviyatimizning bir boʻlagi ekan, uni oʻz manfaati yoʻlida bachkanalashtirish,
murakkablashtirishga kimning haqqi bor?!
Bugun dunyoning allaqayerida ming-ming yillik tarixga ega shaharlar urush oʻchogʻiga aylanib, yer bilan
yakson qilinmoqda, qaysidir mamlakatlarda ocharchilik tufayli odamlar qirilib ketmoqda. Tabiiy ofat
qancha-qancha mamlakatlar iqtisodini tanazzulga burmoqda. Unutmaylik, Alloh neʼmatidan hamma
birdek bahramand emas. Neʼmatning qadriga yetaylik, shukr qilaylik. Atrofda yuz berayotgan mudhish
voqealarning bizga daxli yoʻq, deb xotirjam boʻla olmaymiz. Bu xavf farzandlarimizni, yaqinlarimizni oʻz
domiga tortishi uchun masofaning uzoqligi, chegaralarimizning mustahkamligi kifoya qilmaydi. Biz
yashayotgan asrda hamma soha taraqqiy etgan, jumladan, millatni mahf etish usullari ham.
Ayol oqila boʻlsa...
Toʻy oldi-berdisi bilan bogʻliq kelib chiqadigan muammolarga deyarli ayollar sababchi boʻladi. Achinarlisi,
ular koʻpincha bu masalada erkaklarni ham izmiga sola oladi. Ayoli maʼnaviy yuksak, iymonli, oqila
boʻlgan oilalarda bunaqa muammolarga duch kelinmaydi. Negaki, ayolgina xalq turmush tarzining har bir
jabhasi – oila, mahalla, urf-odatlar, taʼlim muassasasi – tarbiya oʻchoqlariga chuqur kirib bora oladi.
Mahalladagi tadbirlarning asosiy ishtirokchisi ham, urf-odatlarimizning tashkilotchisi ham, bola bilan eng
koʻp birga boʻladigan tarbiyachi ham, qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻ bilan aloqani, munosabatlar
muvozanatini izmida tutib turadigan oilaning asosiy vakili ayoldir.
Hurmatli ayollar, mushohada qilib koʻraylik-chi, oʻtgan asr boshlarida millat jonkuyarlari – jadidlar
tashabbusi bilan Turkiston musulmonlarining syezdida, bugun Oliy Majlisda toʻy-hasham muammosining
muhokamaga qoʻyilishiga qanchalik hissamiz bor?
Bugun qizlarimiz kuyov uyiga behisob sarpo, qimmatbaho mebellar bilan kirib bormoqda, eldan kam
qilingan holatlarda bechora kelin, uning ota-onasi mulzam boʻlib, oilaga, tomonlar munosabatlariga
sovuqchilik tushmoqda. Biz – onalar oʻz molparastligimiz, oʻzimizni oʻzgalarga koʻrsatib qoʻyishga
urinishlarimiz bilan farzandlarimiz baxtiga soya solayapmiz, katta sep bilan kuyov eshigiga borgan
qizimiz koʻngliga kalondimogʻlik, olib borgan mol-dunyosidan sarmastlik, kuyov va uning xonadonini
mensimaslik urugʻlarini qadayapmiz, toʻydan keyingi mojarolarga oʻzimiz sabab boʻlyapmiz...
7/6/2020
O‘zA - Toʻy baxtli kunlarimiz asosi boʻlsin, aslo gʻurbatimiz emas...
uza.uz/uz/society/to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g-urbatimiz-emas--18-09-2019?ELEMENT_CODE=to-y-baxtli-kunlarimiz-asosi-bo-lsin-aslo-g… 6/6
Do'stlaringiz bilan baham: |