O'z kapitali



Download 461,8 Kb.
bet6/8
Sana29.05.2022
Hajmi461,8 Kb.
#618194
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5451846827718481898

Xulosa


Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlilikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi.
Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik faoliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda. Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan chiqarildi va turli mulkchilik shaklida faoliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi.
2017-yilning 5-oktabrida, “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi farmonga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.
Unga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash ko'zda tutiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim
ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda.8
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, respublikamiz ko’lamida olib borilayotgan ushbu islohotlar o’laroq, korxonalar faoliyatini xususiylashtirish va ularga keng imkoniyatlar ochib berish , o’z navbatida, ular faoliyatidagi yuqori natijaviylikni ko’rsatadi. Bunday sharoitida har bir korxona o'z moliyaviy ehtiyojlarini o'zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta'minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog'ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to'lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari hamda qonundan tashqari bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag'lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi. Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo'lib, u korxonaning o'z qudrat darajasini qay darajada ekanligini bildiradi.
Xususiy kapital qiymatini ko'paytirishning eng asosiy omili bo'lib korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko'rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o'z jamg'armalarini oshirishlari eng optimal variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o'zgarishi faqatgina korxonaning o'ziga bog'liq bo'lib, uning har tomonlama to'liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko'rsatkichlaming o'zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog'liq bo’ladi.


Download 461,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish