O‘z joniga qasd qilish kechirilmas gunoh


halokatga tashlamangiz”- (Baqara surasi 195-oyat)



Download 44,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.05.2022
Hajmi44,91 Kb.
#622619
1   2
Bog'liq
oybek

halokatga tashlamangiz”- (Baqara surasi 195-oyat)
Bu haqda buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy raxmatullohi alayhi payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalomdan o‘nlab hadislar rivoyat qilganlar. Shulardan ba’zilarini aytib o‘tamiz: “Sizlardan oldin o‘tgan
odamlar orasida bir kishi bo‘lgan edi. Uning jarohati bo‘lib, og‘rig‘iga chidolmay pichoqni oldida u bilan
qo‘lini kesib tashladi. Keyin qon tuxtamay u o‘lib qoldi. Shunda Alloh ta’olo: “Bandam meni (huzurimga)
o‘zini o‘zi shoshiltirdi, unga jannatni harom qildim” -- dedi”.
Yana Payg‘ambarimiz marhamat qiladilarki: “Kimki tog‘dan tashlab o‘zini o‘ldirsa jahannam o‘tida o‘zini u
yoqdan buyoqqa tashlab abadul abad kuyadi. Kimki zahar ichib o‘zini o‘zi o‘ldirsa, jahannamda ham usha
zahar qo‘lida bo‘lib, undan icha -icha abadul abad o‘tda kuyadi. Kimki o‘zini (biror) tig‘ bilan o‘ldirsa,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
 
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z


jahannamda o‘sha tig‘ bilan unga azob berilib, abadul abad o‘tda yonadi”. Yana bir xadislarida xabar
beradilarki: “Bir kishi o‘zini o‘zi jarohatlab o‘ldirdi. Shunda Alloh ta’olo: “Bandam mendan ilgari o‘z jonini o‘zi
oldi,uni men jannatdan mahrum qildim!”—dedi”.
Hech bir gunoh uchun qiyomat kuni bunchalik og‘ir jazo tayinlanmagan. Hayot xuddi kordiagrammaga
o‘xshash past balandliklardan iborat. Hamma vaqt xam biz o‘ylagandek xursandchilik bo‘lavermaydi. Buni
hayotning mo‘tadil holati deb qabul kilmog‘imiz kerak. Buyuk vatandoshimiz Jaloliddin Rumiyning ushbu
hikmatli gaplari barchaning ko‘ngliga birdek taskin beradi: “Chorasizlik Allox ta’olodan kelgan eng go‘zal
ishoratdir. U duo vaqti kelganini anglatadi. Ko‘zingdan yoshlar sezilsa, go‘zal yuzing g‘amgin bo‘lsa, bilginki,
Robbing seni sog‘inibdi, seni eshitishni xohlayapti”.
Afsuslar bo‘lsinki, keyingi vaqtlarda o‘z joniga qasd qilish hollari tez-tez sodir bo‘layotganligi va bu fojiali
holatlar asosan yoshlar va ayollar tomonidan sodir etilayotganligi barchani tashvishga solmoqda. Bu
ko‘ngilsizliklarning 97 foizi sabrsizlik, xayotni yengil sanash okibatida, yoki, kompyuter o‘yinlari ta’sirida
sodir etilmokda. Qolgan kismi esa, ruhiy kasalliklar sababli bo‘lib, unga xam insonni o‘zi sababchidir. U
ham bo‘lsa xonadondagi tartibsizliklar, masalan, insonning shaxsiy gigiyenaga amal kilmasligi, kul,
mag‘zavalarni hovliga sochib aralashtirib tashlash, ovqatlangandan keyin idishlarning yuvilmasdan qolib
ketishi, suv idishlarning usti ochik qolishi, o‘rgimchak uyalariga beparvo bo‘lishlik va hokazo tozalik va
poklikka oid omillardir.
O‘z joniga qasd qilish Alloh ta’oloning belgilab qo‘ygan taqdirotiga tug‘yon qilishdan iborat ekanligi sababli
Islom dini fiqhiy kitoblarida o‘zini o‘zi o‘ldirgan shaxslarga janoza namozi o‘qilmasligi to‘g‘risida alohida
fatvolar berilgan. O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi tomonidan barcha masjid imomlariga bu haqda
qo‘llanmalar berilib, ular qattiq ogohlantirilganlar. Bundan tashqari bunday janozalarning xudoyi va boshqa
ma’rakalarida ham qatnashmaslik, ular uchun Qur’on tilovat ham qilmaslik vazifasi yuklatilgan. O‘zini o‘zi
o‘ldirish Alloh ta’olo huzurida eng og‘ir gunohlardan bo‘lib, shu yo‘l bilan o‘lganlar yuqorida aytilganidek
oxiratda og‘ir azobga qolish bilan bir qatorda qavmu-qarindoshlarini, ota-onalarini ham og‘ir musibatga
solib qo‘yadilar.
Kiritilgan vaqti: 06/05/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 4435
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/oz-joniga-qasd-qilish-kechirilmas-gunoh 
Chop etilgan vaqti: 10/05/2022 18:07

Download 44,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish