OYOQ PANJASI MUSKULLARI
Oyoq panjasi muskullari qo‘l kafti muskullari kabi dorzal [ustki yozuvchi guruh va pastki (kaft tomon) bukuvchi guruh] muskullardan tuzilgan.
Oyoq panjasining ust tomonida barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m. extensor digitorum brevis) va bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m. extensor hallucis brevis) joylashgan, ular tovon suyagining lateral yuzasidan boshlanadi va sinus tarsi ga kirish oldida to‘rtta nozik payga ajralib, m. extensor digitorum longus, m. extensor hallucis longus paylari bilan birgalikda IV barmoqning ustki yuzasiga yopishadi. Bu muskulning bosh barmoqqa boruvchi medial qismi m. extensor hallucis brevis deb ataladi.
F u n k s i y a s i. Barmoqlarni yozadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. peroneus profundus (LIV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. dorsalis pedis.
Oyoq panjasining kaft tomonidagi muskullar (235, 236, 237, 238- lar) bosh barmoq, jimjiloq tomonidagi tepaliklarni hosil qiladi. Ular oralig‘ida o‘rta guruh muskullari joylashgan.
Bosh barmoq tomondagi muskullar. Uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor hallucis) yuza joylashgan bo‘lib, tovon suyagining medial o‘sig‘i – tuberositas ossis navicularis dan boshlanadi va bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. plantaris medialis (LV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus plantaris, aa. metatarseae plantares.
Oyoq panjasining sinovial qinlari (pastki yuzasi).
1–Tuber calcanei; 2–retinaculum mm. peroneum (fibularum) inferius; 3–vagina synovialis mm. peroneum (fibularium) comminis; 4–Lig. plantare longum; 5–vagina tendinis m. peronei (fibularis) longi plantaris; 6–vaginae tendinum digitorum pedis; 7–bursae synovialis; 8–pars crusiformis vaginae fibrosae; 9–vagina fibrosa digitorum pedis; 10–pars anularis vaginae fibrosea; 11–vagina tendinis m. flexoris digitorum pedis longi; 12–vagina synovialis tendinis m. tibialis posterioris; 13–vagina synovialis tendinis m. flexoris hallucis longi; 14–retinaculum mm. flexorum.
Oyoq panjasining sinovial qinlari (yuqoridan ko‘rinishi).
1–vagina tendinis m. tibialis anterioris; 2–vagina tendinis m. extensoris hallucis longi; 3–fascia dorsalis pedis; 4–vaginae tendinum m. extensoris digitorum longi; 5–retinaculum mm. extensorum inferius; 6–vagina synovialis mm. peroneum (fibularium communis); 7–retinaculum m. extensorum superius.
Do'stlaringiz bilan baham: |