Charm poyabzallar sifatini baholash. Poyabzallar tashqi ko‘rinishining ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda va tasdiqlangan namuna-etalonlarga mos kelishi kerak. Tayyor poyabzallar juft-juft, toza, buklanmagan, tirishmagan, dog‘siz, detallari bir xil bo‘lishi kerak; juftida zichligi, qalinligi, shakli, o‘lchami, rangi va guli bir xil bo‘lishi lozim. Poyabzal ashyolari va iplari uning ustki qismi yoki pardozi bilan mos kelishi zarur. Poyabzallar juft-juft holda qabul qilinadi. Sifatini nazorat qilish tikilishining texnik talablar asosida bajarilishi va tashqi ko‘rinish nuqsonlarining qismlar o‘lchamidan chekkaga chiqishini aniqlash va baholashdan iborat bo‘ladi. Poyabzallarning navi eng yomon yarim jufti bo‘yicha ko‘proq bilinib turadigan nuqsoniga qarab belgilanadi. Ommabop hamda modabop poyabzallar navlarga ajratiladi, yengil va bulg‘or poyabzallar esa navlarga ajratilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |